Kontent qismiga oʻtish

Mingyilqi tizmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mingyilqi tizmasi — Chatqol togʻlari tarkibidagi (Toshkent viloyati) tizma. Qoraarcha, Katta Maydontol, Berkota, Nurakota soylari havzalarida joylashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Uzunligi 10 km. Eng baland joyi (Qoraungur togʻi) 2942 m. Tizmada uchta balandlik: Qoraungur (2942m), Jar (2936 m) va nomsiz (2842 m) yaqqol ifodalangan. Mingyilqi tizmasi oʻrtacha, baʼzi joylarda kuchli parchalangan. Suv-ayirgʻich qismi esa kam parchalangan. Yalangʻoch qoyali qirralar uncha yaxshi ifodalanmagan. Shimolida Katta Chimyon (3309 m) togʻiga tutashib ketadi. Mingyilqi tizmasi quyi karbon davrining metamorfik va choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Quyi qismida jigarrang tuproklarda siyrak archazorlar bilan turli oʻtli bugʻdoyiqzorlar uchraydi. 2600-2800 m balandlikda subalp oʻtloqlari mavjud. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yaylovlarning oʻrtacha mahsuldorligi gektariga 6—10 s.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil