Kontent qismiga oʻtish

Mintaqaviy muammolar kompleks ilmiy tadqiqot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Samarqand boʻlimi va uning qoshidagi mintaqaviy Mintaqaviy muammolar komplex ilmiy tadqiqot instituti (MMKITI) 1993- yilda tashkil etilgan . MMKITI tarkibida 4 ta ilmiy boʻlim mavjud, yani matematika, mehanika, choʻl ekalogiyasi va suv resourslari, iqtisodiyot MMKITIning asosoy vazifalari :Respublikaning janubiy-gʻarbiy hududida mavjud mintaqaviy muammolarning yechishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish ,Mintaqadagi muhim muammolarni hal qilish uchun davlat ilmiy-texnik dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish, mintaqa ilmiy tadqiqotlarini muofiqlashtirish , Mintaqadagi ilmiy-texnik potensialdan samarali foydalanish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash . [1]

Institut faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. MMKITI quidafi yoʻnalishlar tadqiqotlar oʻkaziladi
  • Panjaradagi chekli sondagi zarrachalar model operatorlarining spekral va tarqalish nazariyasi.
  • Inshootlarning turli hususiyatlarga ega boʻlgan asos boʻlgan oʻzaro tasirlashuvi jarayonida materiallarning fizik nochiziqligi va asosning reologik hususiyatlarini hisobga olib, hisoblash nazariyasini ishlab chiqish va takomillashtirish .
  • Nonyuton suyuqliklarning yoriq va yoriq-gʻovak muhitlarda xarakatining makroskopik va fenomenologik modellarini ishlab chiqish .
  • Oʻsimliklarni Qizilqum choʻli sharoiti tuz va sanoat chiqindilari tasirida koʻpayish komponentlari faoliyatining strukturaviy qununiyatlarini ontogenetik adaptatsiyasini

iontranslokatsion mexanizmlarini oʻrganish .

  • Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda postgipoksik kardiopatiyani tashxislash, davolash va profilaktika qilish usullarini ishlab chiqish
  • Respublikaning janubiy gʻarbiy mintaqasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida mehnat unumdorligi oʻzgarishi qonuniyatlari va chet el investititsiyalari

samaradorligi muammolarini oʻrganish. Institutda bir necha yoʻnalish boʻyicha doktorantura va asperantura faoliyat yuritmoqda .Ularga ilmiy tadqiqot ishlarini oʻtkazish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan .Deyarli barcha aspirantlar institudagi ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilinganlar.ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqishga tadbiq etishga muhim etibor qaratilmoqda.Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari boʻyicha institut qator uslubiy qoʻllamalar tayyorladi .Ular sogʻliqni saqlash vazirligi ,Gidrometeorologiya davlat qoʻmitasi , Tabiatni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi, „Oʻzbekneftgaz“ milliy holding kompaniyasi va boshqalarga taqdim etiladi .Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tadbiq etish va ulardan foydalanishni tasdiqlovchi zaruriy hujjatlar rasmiylashtirildi .Istitut neft-gaz kondenst konlarini texnologik koʻrsatkichlarini xisoblash uchun yangi uslub va unga mos dasturiy malumotni ishlab chiqdi . Bu uslub respublikaning eng yirik konlaridan biri hisoblangan „Koʻkdumaloq“ neft-gaz kondensat konida „Saykling-prosess“ usulini asoslashda ishlatildi .[2] „Saykling-prosess“ uslubi AQSHlik hamkorlar bilan samarali ravishda konda foydalanilmoqda .Shuningdek institut chuqur joylashgan konlarda neftni qazib olishning prisipal asoslarini ishlab chiqdi .Ushbu ish hozir Fargʻona vodiysining chuqur joylashgan neft va gazkonlarini ishlatish va loyihalashda samarali ishlatilmoqda.Institutda suv, tuproq va boshqa moddalar namunalarini chuqur taxlil qiluvchi maxsus ekalogiya labaratoriyasi tashkil etilgan. Chet el ilmiy hamkorlari bilan aloqalarni olib borish institut faoliyatini asosiy qirralaridan biri hisoblanadi .Choʻl ekalogiyasi va suv zaxiralari boʻlimi hodimlari Adam Mitskevich nomidagi universitet (Poznan , Polsha) xodimlari bilan hamkorligda mezokserofit, kserofit va galofit guruhidagi oʻsimliklarning choʻlning stress omillari sharoitida adaptatsiya xususiyatlarini oʻrganishmoqda. Zarafshon daryosi Zarafshon vohasining suvlari sifatini oʻrganish borasida tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu yoʻnalishda 2001- yil oktabr oyida ,2002 va 2003 avgust oylarida suv namunalarini oʻrganish borasida 3 ta samarali tadqiqotlar oʻtkazildi .Bundan tashqari yaponiya granti asosida professor Tsuneo Tsukatani (Kiyoto universiteti , Yaponiya) ,H.I.Kucheriski (Navoiy togʻ metallugiya kombinati) va K.N.Toderich(MMKITI) rahbarligida induktiv bogʻlangan plazmali mass-spektrometr yordamida suvning tarkibi kimyoviy taxlil qilinmoqda .Navoiy kon metallugiya kombinati hududida ekalogik monitoring oʻtkazilgan.Global chorvachilikni xamorligda oʻrganishni qoʻllash xalqaro dasturi (GLCRSP) asosida AQSH Qishloq xoʻjalik vazirligi xamda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjalik vazirligi ishtirokida choʻlning choʻlning oʻsimlik qoplamalariga tuyoqli hayvonlar tasiri, choʻl ekosistemasi faoliyati, tabiiy oʻtloqlardan, arid xududlar bioolamidan ratsional foydalanish va ularning saqlashni yoʻllari va usullari ishlab chiqildi va karbonat angidirit gazi oqimlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.Matematika boʻlimi olimlari DFG(Germaniya) xalqaro fondi grantiga ega Mexnika boʻlimi Grenonl universiteti (Fransiya) bilan ilmiy texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga ega va shu asosda tadqiqotlar olib borilmoqda .Olimlar tomonidan Framsiya va Suriyalik hamkorlan bilan ingliz tilida "Oʻzbekistonning arid va yarim arid hududlari oʻtloqlari va oʻtloq oʻsimliklari monografiyasini chop qilishdi[3].

  1. noyob obiektlar, 2016-04-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-04
  2. „Academy.uz“. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  3. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (2003). Mintaqaviy moammolar komplex ilmiy ishlab chiqarish markazi