Mir Said Ali
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mir Said Ali (16-asr) — miniatyurachi musavvir, Tabriz miniatyura maktabining yirik vakili, Hindiston miniatyura maktabinit asoschilaridan. Termizda tugʻilgan. Otasi Mir Mansur Musavvir va Kamoliddin Behzoddan musavvirlikni oʻrgangan. Ke-yinchilik otasi bilan Hirotga kelgan. Tabriz (1520-45), Kobul (1545-55) va Hindiston (1555—70, Jaloliddin Akbar kutubxonasida musavvirlarga rahnamolik qilgan)da yashab ijod qilgan. M.S.A. ijodida Behzod anʼanalarini davom ettirgan, asarlarida xalq, ayniqsa, chorvadorlar hayotini atroflicha jonli va taʼsirchan qilib tasvirlagan. Nizomiyning "Layli va Majnun" dostonini badiiy bezagan (1539—43, Britaniya muzeyida), "Qissai Amir Hamza" qoʻlyozmasiga bir guruh musavvirlar bilan birgalikda yaratgan 400 dona rayem ayniqsa diqqatga sazovor (55x77 sm hajmdagi matoga ishlangan, Shveysariyaning Vena shahri va boshqa mamlakatlardagi muzeylarda). Musavvir "Nodir ul-mulki Humoyun" ("Humoyun davlatining durdonasi") faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. M.S.A. Judoiy taxallusi bilan sheʼrlar bitgan, devon ham tuzgan.
Abdumajid Madraimov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |