Mir Xoʼtak Afgʼon
Mir Xoʼtak Afgʼonning hayoti va xizmat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mir Xoʻtak Afgʻon XVIII asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan eng koʻzga koʻringan dariyzabon adabiyot namoyondasi hisoblanadi. Azizuddin Foʻfalzoyining yozishicha, Mir Xoʻtakning nasabi foʻfalzoyi qabilasining ayubzoyi urugʻiga tegishli boʻlib uning faqat dariy tilida emas, balki pashtu tilida ham sheʼrlar devoni boʻlgan, ammo hanuzgacha shoirning pashtucha devoni topilmagan. Mir Xoʻtakning tugʻilgan yili aniq maʼlum emas. Manbalarda u Ahmadshoh podsholigining oxirrogʻida Qandahorda tugʻilganiga ishora qilinadi. Bu va uning hayotiga oid boshqa bilvosita maʼlumotlarga suyanib shoirning 1760-1765 yillar orasida tugʻilgnini taxmin qilish mumkin. Mir Xoʻtak otasi tomonidan sardorlar toifasiga mansub edi. Uning onasi esa Afgʻonistondagi mashhur diniy arboblardan hisoblangan Mir Sayfiddin eshon Istolifiyning qizi boʻlgan. Mir Xoʻtak 1789-yilda saroyda yuqori martabada xizmatda boʻlgan, amakisi Sardor Jahonxon qiziga uylandi va oʻzining saroyga yaqin yuqori doiralarda tutgan mavqeyini yana ham mustahkamladi. Shoir bu nigohdan keyinchalik oʻz zamonasining taniqli kishilari boʻlib yetishgan bir necha farzand koʻrdi. Mir Xoʻtak bolalik va oʻspirinlik hayotini oʻsha darda muhim boʻlgaan bilimlarni egallash bilan oʻtkazdi. Natijada u oʻz zamonasining oliy darajadagi oqimishli va bilimdon kishilaridan boʻlib yetishdi va Temurshoh saroyida yuqori lavozimlarni egallab, xizmat qilishga munosib koʻrildi. Azizuddin Foʻfalzoyining taʼbiricha, Mir Xoʻtka oliy nasab oilalarga mansubligi uchungina emas balki oʻzining yuqori saviyadagi intelektual qobiliyati, bilimdonligi va davlat tizimida egallagan vaziflarida sidqidildan xizmat qilganligi tufayli bu martabaga erishdi. U Temurshoh hukumronligi davrida saroy dabirlaridan, keyinchalik bosh dabir lavozimida xizmat qilgan boʻlsa, Zamonshoh podshohligi davrida podshoh yozishmalari maʼmuriyati boshligʻi vazifasida xizmat qildi. Husayn Noilning takidlashicha, Temurshoh hukumronligi vaqtida Mir Xoʻtakning saroydagi mavqeyi shu darajada baland ediki, uning salohiyatiga ishongan Temurshoh ham malakatning ayrim ichki va tashqi masalari boʻyicha u bilan maslahatlashar, ayniqsa, devonga yangi dabirlarni ishga belgilashdan oldin taklif qilinayotgan shahsning profisional tayorgarligi masalasida Mir Xoʻtakning fikrini olar edi.
Mir Xoʼtak Afgʼonning ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mir Xoʼtakning devonining hozir ma'lum boʼgan nusxalarida oʼn ming baytga yaqin she'r mavjud boʼlib ular gʼazallar, qasidalar, tarkiband va tarjibandlar, soqiynoma, qit'alar, ruboiylar va she'riy hikoyatlarni qamrab oladi. Shoirning Mir Muhammad Usmon tomonidan 1924-yilda tuzilgan devonida esa yuqoridagilarga qoʼshimcha ravishda, kichik hajmdagi toʼrt masnaviy ham mavjud. Masnaviylardan biri Sa'diyning "Boʼston" asari vaznida (faulun faulun faulun faul), ikkinchisi Nizomiy Ganjaviyning ( Hayrat-ul- abror)poemasi vaznida ( muftailun muftailun foilot), uchinchisi Abdurahmon Jomiyning "Silsilat-ul zahab" asari vaznida (foilotun foilotun fa'lun) vaznida va toʼrtinchisi xazaji musadasi maxzuf (mafoilun mafoilun faulun) vaznida yozilgan. Koʼrinib turibdiki, Mir Xoʼtak ijodiy merosi ham miqdor jihatidan, ham janr rang-barangligi nuqtai nazaridan salmoqli boʼlib uni har tomonlama tadqiq etish, dariyzabon adabyot tarixi uchun muhim adabiyotga ega.
Mir Xoʼtak Afgʼonning doʼstlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]La'l Muhammad Ojiz, Mirzo Qalandar Izzat va Mirzo Axmadxon Axmad
Andoza:Sayri dar adabiyote sadoye sezdahom
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |