Mirakbar Rahmonqulov
Mirakbar Hojiakbarovich Rahmonqulov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi | |
Mansab davri 1997-yildan – 2013-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Bahodir Toshmatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-oktyabr 1952-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Maʼlumoti | Oʻzbekiston milliy universiteti |
Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Raxmanqulov (tugʻ. 5-oktyabr 1952-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yil 5-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1975-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan[1].
1975-1989 yy. — OʻzSSR Ilmiy-tadqiqot, ilmiy va markaziy tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan.
1989-1992 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi boshqarmasi boshligʻi — Bosh ilmiy kotib oʻrinbosari.
1992-1993 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ekspert guruhi mudirining oʻrinbosari.
1993-1994 yy. — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori.
1994-1995 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh konsultanti.
1995-1997 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.
1997-2013 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi kotibi, davlat maslahatchisi.
2013-yildan — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professori.
2013-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining o'rinbosari.
2014-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining oʻrinbosari.
Oʻzbek, rus va ingliz tillarini biladi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]