Kontent qismiga oʻtish

Mirali

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mirali, Mirali Sher — turkman xalq ijodidagi turkum afsona, satirik ertak va latifalarning bosh qahramoni. Mazkur ertak va latifalarda Navoiy tarjimai holi aynan emas, balki uning hayoti va faoliyatidagi ayrim voqealargina badiiy boʻyoklarda ifoda etilgan. M. (Alisher Navoiy), Sulton Suyun (Husayn Boyqaro) va shoh vazirlari ishtirokida ertak va latifalar turkumida voqea mazmuni aqliy tortishuv asosiga qurilgan boʻlib, tuhmat, riyokorlik fosh etiladi, ikki tarixiy shaxs (Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro)ning doʻstligi ulugʻlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil