Kontent qismiga oʻtish

Miranda qoidasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Miranda qoidasi"[1](ingl. Miranda warning)- Vakolatli davlat organi xodimi tomonidan ushlanayotgan shaxsga(gumonlanuvchi, ayblanuvchi) uning sukut saqlash huquqini va shaxs tomonidan aytgan har bir so'zi yoki hatti-xarakati sudda unga qarshi ishlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirish. Bu qoida, o'ziga o'zi ko'rsatma bermaslik huquqini ta'minlash maqsadida AQSHda yuzaga kelgan. Yani, gumonlanuvchiga uning huquqlari to'g'risida ogohlantirilmasa, uning aytgan so'zlari dalil sifatida qabul qilinmaydi.

"Miranda qoidasi" Ernest Arturo Miranda nomi bilan bog'liq. AQShning Arizona shtati police tomonidan Ernest Arturo Mirandani bir necha jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilib, xibsga olgan. Mirandaga so'roq qilinishidan oldin uning gumonlanuvchi tariqasida huquqlari tushuntirilmagani bois, u o'z huquqlarini bilmagan holda aybiga iqrorligini bildirgan. Uning bu ko'rsatuvidan esa uning aybi iqrorligini isbot sifatida foydalanilgan va sudlangan. Shundan so'ng, uning advokati sudga appelyatsiya kiritgan, Sud esa Miranda o'z huquqlaridan habardor qilinmagan deb topib, uning foydasiga oqlov hukmini e'lon qilgan va Miranda jazodan ozod qilingan. Sud qaroridan yuzaga kelgan norma esa dastlab AQSH amaliyotida "Miranda huquqlari" so'ng esa xalqaro huquqda "Miranda qoidasi" deb nom olgan. Hozirda, xalqaro huquq normasi o'laroq, dunyoning juda ko'p davlatlarida qo'llaniladigan qoida.

O'zbekistonda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston respublikasining Jinoyat Protsessual Kodeksiga[2] ko'ra gumon qilinuvchi: o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish; ushlanganidan keyin yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishini talab qilish; o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega.

CHET DAVLATLARDA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniyaning Jinoyat protsessual kodeksiga(Strafprozessordnung) asosan gumonlanuvchining birinchi so'roq qilingunga qadar quyidagi harakatlar amalga oshirilishi shart:

  1. nimada va qaysi modda bo'yicha ayblanayotganini bilishga.
  2. ko'rsatma berishga yoki bermaslikka.
  3. advokat bilan cheklanmagan vaqtda uchrashishga, xususan birinchi so'roqqa qadar.

"Miranda qoidasi" Turkiya Jumhuriyati Konstitutsiyasining 13 bo'lim 38-moddasida o'z ifodasini topgan.

"Hiç kimse kendisini ve kanunda gösterilen yakınlarını suçlayan bir beyanda bulunmaya veya bu yolda delil göstermeye zorlanamaz"[3]. - Hech kim o'ziga va qonunda ko'rsatilgan yaqinlariga nisbatan ko'rsatma berishga majbur emas.

  1. „Miranda Rights“. www.mirandarights.org. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  2. „O'zRning Jinoyat Protsessual Kodeksi/Criminal Procedure Code of the Republic of Uzbekistan“.
  3. „Türkiye Cumhuriyeti Anayasası“. www.icisleri.gov.tr. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.