Mirhomid Mirzayev
Sanjar Tilla | |
---|---|
Mirhomid Mirzayev | |
Tavalludi |
Mirhomid Mirzayev 1912-yil 1-iyun |
Vafoti |
1980-yil 23-noyabr Namangan |
Mirhomid Mirzayev — jurnalist, oʻzbek adibi.
Tavalludi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jurnalist va adib Mirhomid Mirzayev (Sanjar Tilla) 1912-yil 1-iyunda Uychi tumani Fayziobod qishlogʻida tugʻilgan. Ota-onadan erta yetim qolib, namanganlik Zahroxon ismli xolasinikida tarbiyalanadi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlimni Toshkentda Y.Oxunboboyev nomidagi meditsina texnikumidan boshlaydi. 1924-yildan boshlab respublika matbuotida faol qatnashadi. Harbiy xizmatda boʻladi. „Lenin uchquni“, „Sovet Oʻzbekistoni“, „Toshkent haqiqati“, „Yosh leninchi“, „Namangan haqiqati“, „Sharq musulmonlari“ jurnali va gazetalarida boʻlim mudiri, muharrir vazifalarida ishlaydi. 1925-yili „Yangi Fargʻona“ gazetasida birinchi xabari bosilib chiqqandan to umrining oxirigacha jurnalistikaning oldingi marrasida faoliyat olib bordi.
U oʻzining jurnalistik ijodini adabiy faoliyat bilan birga qoʻshib olib borgan. Uning „Yetuklikka imtihon“, „Poplik Mamajon“, „Birinchilar qatorida“, „Gullar mamlakati“ ocherklar toʻplamlari mavjud. „Gulcha ustida nur“ dramasida uygʻur xalqining ozodlik uchun kurasi badiiy puxta tasvirlangan.
Mirhomid Mirzayev badiiy tarjimonlik bilan ham shugʻullangan. L.Leonovning „Hujum“ pyesasi, A.Gaydarning „Maktab“, „Harbiy sir“, A.Chaykovskiyning „Olis yulduz shu’lasi“ asarlarining tarjimalari uning qalamiga mansubdir.
U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoniga sazovor boʻlgan.
1958-yilning kuzida shoir Turob Toʻla rahbarligida oqsoqol yozuvchimiz Nazir Safarov, qirimtatar yozuvchisi Shamil Alyadin, Nosir Fozilov, shoir Aziz Abdurazzoq bilan birga Mirhomid Mirzayev Namangan boʻylab sayohatlarda ishtirok etgan[2].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ocherklari
- „Yetuklikka imtihon“
- „Poplik Mamajon“
- „Gullar mamlakati“
- „Birinchilar qatorida“
Tarjima asarlari
- „Hujum“
- „Maktab“
- „Harbiy sir“
- „Olis yulduz shu’lasi“
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirhomid Mirzayev 1980-yili 23-noyabrda Namanganda vafot etgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hamidjon, Homidiy; Mahmudjon, Ma'murov. Namangan adiblari — 79-bet. ISBN 978-9943-09-120-7.
- ↑ „Nosir FOZILOV DOMLA SHARIPOV“ (2016-yil 31-mart). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.