Mirkozimjon Nishonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirkozimjon Nishonov
Tavalludi 7-mart 1957-yil (1957-03-07) (67 yosh)
Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Fargʻona davlat universiteti
Taʼlimi Fargʻona davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Mirkozimjon Fozilovich Nishonov (1954-yil 7-mart, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirkozimjon Nishonov 1954-yil 7-mart Izboskan tumanida tugʻilgan[1]. 1971—1976-yillarda Fargʻona davlat pedagogika instituti tabiiyot-geografiya fakultetini „Kimyo-biologiya“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1977-yil 1-dekabrdan Fargʻona davlat pedagogika instituti „Kimyo“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1979—1982- yillarda Toshkent politexnika instituti kimyo-texnologiya fakulteti „Anorganik moddalar texnologiyasi“ kafedrasi aspiranti, 1986-yildan dotsent vazifasini bajaruvchi, 1988-yilda kimyo kafedrasi dotsenti, 2005-yildan Fargʻona davlat universiteti kimyo kafedrasi mudiri, dotsent, professor lavozimida ishlab kelmoqda[2].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 4 nafar farzandi bor[2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yilning 24-iyunida „Nitrat kislota ishlab chiqarishi chiqindi gazlarini azot oksidlaridan past foizli palladiyli katalizatorlarda katalitik tozalash“ mavzusida „Noorganik moddalar texnologiyasi“ mutaxassisligi boʻyicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiyani yoqladi. 2019-yil 30-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan „Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi“ ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berildi. 7, 8, 9-sinflar kimyo darsliklari va oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun yaratilgan „Kimyo oʻqitish metodikasi“ darsligining mualliflaridan biridir. 150 dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, 10 dan ortiq darslik va qoʻllanmalar, 2 ta monografiya muallifi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nishonov Mirkozimjon Fozilovich“.
  2. 2,0 2,1 2,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]