Kontent qismiga oʻtish

Mirsalim Mamarajabov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirsalim Mamarajabov
Tavalludi 18-fevral 1972-yil (1972-02-18) (52 yosh)
Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Taʼlimi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Mirsalim Elmirzayevich Mamarajabov (1972-yil 18-fevral, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Mirsalim Mamarajabov 1972-yil 18-fevral Baxmal tumanida tugʻilgan[1]. 1989—1994-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining „Fizika-matematika“ fakultetining „matematika-informatika“ ixtisosligini tamomlab, 1994-yilda oʻz ish faoliyatini mazkur institutning „Informatika va hisoblash texnikasi asoslari“ kafedrasi katta laboranti lavozimida boshlagan[2]. 1994—1996-yillar kafedraning katta laboranti, „Axborot texnologiyalari markazi“ boʻlimi boshligʻi, 1997—2000-yillarda institut aspiranti, 2000—2010-yillarda kafedrada oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, 2010—2015-yillarda „Informatika va taʼlimda axborot texnologiyalari“ kafedrasi mudiri, 2015—2020-yillarda Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2020—2021-yillarda Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi kafedra mudiri, 2021—2022-yillarda „Informatika“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2022-yil 10-fevraldan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Matematika va taʼlimda axborot texnologiyalari“ kafedrasi mudiri[2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda „Kasb-hunar kollejlarida informatika fanining „Amaliy dasturiy taʼminot“ boʻlimining mazmuni va oʻqitish metodikasi“ mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005-yil 25-fevralda taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. 2009-yil 25-mayda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2023-yilda „Raqamlashtirilgan taʼlim sharoitida boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish“ mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasini olgan. 10 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta darslik, 15 dan ortiq metodik qoʻllanma, 100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi[2].

  1. „Mamarajabov Mirsalim Elmirzayevich“.
  2. 2,0 2,1 2,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.