Miryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miryo
조미혜
Tavalludi
Jo Mi-hye

2-noyabr 1981-yil (1981-11-02) (42 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • Repper

Jo Mi-hye (1981-yil 2-noyabrda tugʻilgan), Miryo oʻzining sahna nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik reper, qoʻshiq yozuvchi va produser. Hozirda u „Brown Eyed Girls“ qizlar guruhining reperi va „Honey Family“ rep guruhining sobiq aʼzosi. Miryo 2012-yilda „Show Me the Money“ serialining birinchi mavsumida produser sifatida ishtirok etganidan keyin solist sifatida debyut qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miryo oʻzining musiqiy faoliyatini 2000-yilda „Honey Family“ hip-hop guruhining qoʻshigʻida ishtirok etganida boshlagan. Keyingi yili u guruhga asosiy ayol reper sifatida qoʻshilgan va ikkinchi albomida ishtirok etgan. Jamoa tarqalib ketganidan soʻng, u boshqa hip-hop sanʼatkorlarining qoʻshiqlarida, jumladan, „Leessang“ guruhidan sobiq guruhdoshi Gil Seong-joon[1] va MC Mong kabi qoʻshiqlchilarning treklarida ishtirok etgan. Koʻp oʻtmay, Miryo qoʻshiqchi JeAdan „Brown Eyed Girls“ guruhiga qoʻshilish taklifini olgan va taklifni qabul qilgan. U 2006-yil mart oyida „Your Story“ nomli albomi bilan debyut qilgan guruhning reperiga aylangan. „Brown Eyed Girls“ 2009-yilda oʻzlarining mashhur „ Abracadabra“ qoʻshigʻi bilan katta muvaffaqiyatga erishdilar, undan keyin 2011-yilda „Sixth Sense“ qoʻshigʻi ham xuddi shunday mashhurlikka ega boʻlgan.

Miryo 2015-yil iyul oyida oʻzining „Queen“ nomli yakkaxon albomini chiqargan, unda guruhdoshi Ga-In ham ishtirok etgan. Oʻsha yilning sentyabr oyida u va „Brown Eyed Girls“ guruhining boshqa aʼzolari „Nega Network“ agentligini tark etishgan[2]. Guruh oktyabr oyida „Mystic Entertainment“ bilan shartnoma imzolagan va keyingi oy „Basic“ albomini chiqargan[3].

Qoʻshiq yozish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miryo reper boʻlishdan tashqari qoʻshiq ham yozadi. Ayol kumirlari orasida Miryo eng koʻp qoʻshiqlarga mualliflik huquqiga ega boʻlib, 2013-yil martigacha jami 56 ta qoʻshiqqa mualliflik qilgan[4]. U „Honey Family“ va „Brown Eyed Girls“ guruhining bastakori va yozuvchisi boʻlgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. choiwj. „Miryo sits down for an interview with 'Men's Health' magazine“. Allkpop.com (27-fevral 2012-yil). Qaraldi: 2013-yil 17-aprel.
  2. „Brown Eyed Girls' JeA, Narsha, and Miryo officially become free agents | allkpop.com“. www.allkpop.com. Qaraldi: 2016-yil 22-aprel.
  3. „Brown Eyed Girls on Twitter“. Twitter (2015-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-aprel.
  4. „인스티즈(instiz, 音思提资) - 국내 최대의 연예오락 커뮤니티“ (2018-yil 12-oktyabr).
  5. ohgelie. „Brown Eyed Girls Miryo's impressive resume revealed“. Koreaboo.com (4-yanvar 2011-yil). 29-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-aprel.