Kontent qismiga oʻtish

Mirza Abdurahmon madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirza Abdurahmon madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Mirza Abdurahmon madrasasi Bir hujjatda mulla Abdurahmon ismli kishi Oxund Xovand mozor boshida 13 hujra qurdirgani haqida xabar berilgan.Bir hujrasida uning o‘zi istiqomat qilgan.

Qolgan 12 hujraga mulla Salimxoja Buxoriy, mulla Qurbon Badaxshoniy, mulla Odina Qorateginiy, mulla Muhammad Ya'qub Namanganiy, mulla Muhiddin Buxoriy, mulla Fozil Buxoriy, mulla Zarif Darvoziy, mulla Porsoxoja Hisoriy, mulla Shokirxoja Ko‘loiy, mulla Mahmudxoja Buxoriy, mulla Zokir Shahrisabziy, mulla Muhammad Safar Ko‘lobiy, mulla Toshmuhammad Xo‘qandiy, mulla Sherxoja Buxoriy, mulla Abdurashid Samarqandiy, mulla Abduaziz Ko‘lobiy, mulla Odina Vaxbali, mulla Temur Buxoriy, mulla Hodixoja Buxoriy, mulla A'zim Buxoriy, qori Abduhakim Buxoriy, mulla Abdurazzoqxoja Buxoriy, mulla Karamatullaxoja Buxoriy, mulla Muhammadnazar Ko‘lobiy ismli talabalar qo‘yilgan. Sadr rais arznomasida mulla Qurbon vafot etgani va uning bo‘sh qolgan o‘rniga mulla Mir Mahmud ismli talaba qo‘yilgani xabar qilinadi. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida mulla Abdurahmon madrasasi hujrasida yashovchi mulla Usmon vafot etgani, uning o‘rniga mulla Qurbon ismli talaba qo‘yilgani xabar qilingan. Joy haqi 3 tilla.