Kontent qismiga oʻtish

Mirza Mirsagatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirza Usmonovich Mirsagatov
Tavalludi 29-yanvar 1902-yil
Vafoti 4-noyabr 1982-yil(1982-11-04)
(80 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi
Kasbi shifokor, urolog
Mukofotlari “Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor”

Mirza Usmonovich Mirsagatov (1902-1982) — urolog, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor.

Mirza Mirsagatov 1902-yilda yassi non yopuvchi yoki nonvoy oilasida dunyoga keladi. U 10 yoshidan boshlab otasiga yordam berishni boshlaydi. Oʻzbek maktabida ta’lim ola boshlaydi. Boʻlajak shifokor 4-sinfni tamomlagach, ishchilar fakultetida tahsil oladi va bu dargohda 1923-yilgacha ta’lim oladi. Bundan tashqari 1920-yildan to 1923-yilgacha Toshkent shahridagi oʻta xavfli ob’yektlarni qoʻriqlash boʻyicha “MMQ” maxsus maqsadli otryadida boʻlgan.

Mirza Mirsagatov 1923-yilda ta’lim olish yuzasidan Moskvaga yuboriladi,  soʻng u 1-Moskva Davlat universitetining tibbiyot fakultetida tahsil oladi.

Mirsagatov 1928-yil Moskva davlat universitetini bitirib, Davlat venerologiya instituti qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kiradi. Aspiranturani tamomlagach Toshkentga qaytib keladi, u yerdan Samarqandga Oʻzbekiston tibbiyot institutiga oʻqishga yuboriladi.

1931-1932-yillarda — Samarqand viloyati Venerologiya tekshiruv klinikasi (dispanseri)ning mudiri lavozimida ishlaydi.

1933-1935-yillarda — Samarqand shahar Respublika kasalxonasi bosh shifokori. 1934-yilda esa Mirza Mirsagatov Yuliy Fuchik bilan tanishadi. Ushbu uchrashuvdan soʻng, kelajakda Yuliy Fuchik Markaziy Osiyo boʻyicha bir qator ocherklar yozadi. Ocherklardan birida Mirza Usmonovichning yoshlik yillaridagi hayoti yodga olinadi.

1935-yildan Moskva 1-shahar kasalxonasida ishlaydi. Tibbiyot fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Uretral torayishning uzoq muddatli natijalari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qiladi. Soʻng Moskvadagi Veysbor poliklinika qoshidagi gonoreya boʻlimida vaqtinchalik faoliyat yuritgan.

1938-1940-yillarda tajribali urolog-shifokor Molotov nomidagi Toshkent tibbiyot instituti direktori boʻlgan[1]. Keyinchalik u Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻlgan. Bir vaqtning oʻzida Toshkent tibbiot akademiyasi urologiya klinikasida katta assistent boʻlib ishlagan (1950-yilgacha). Oradan vaqt oʻtib, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi va Vazirlar Kengashi huzuridagi viloyat poliklinikasida urolog-konsultant boʻlgan.

Nafaqaga chiqqandan soʻng u oʻz faoliyatini davom ettirib, kichik urologiya boʻyicha maslahatlar beradi.

Hukumat mukofoti va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • “II-darajali Vatan urushi” va “Qizil yulduzcha” ordenlari
  • Harbiy xizmatlari uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun”medallar
  • Koʻp yillik a’lo mehnati uchun Qizil Bayroq ordeni (1954-yillarda)
  • “Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor” (1947-yil 28-noyabr)
  • Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan
  1. Ташкентский медицинский институт имени В. М. Молотова — высшее учебное заведение, готовящее врачей. До 1935 именовался Среднеазиатским медицинским ин-том, в 1931 этот институт был выделен из Среднеазиатского государственного ун-та, в составе которого с 1920 существовал медицинский факультет. Институт имеет 4 факультета: лечебный, санитарно-гигиенический, педиатрический и стоматологический. Есть докторантура, аспирантура и клинич. ординатура / Выписка из статьи в БСЭ, стр. 29, Т. 42, второе издание.