Mirzayan Mirzaaxmedovich Kamilov
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Mirzayan Mirzaaxmedovich Kamilov | |
---|---|
Tavalludi |
17-oktyabr 1936-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | N.E Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurti |
Ilmiy unvoni | Akademik |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Mirzayan Mirzaaxmedovich Kamilov – taniqli olim va fan arbobi hamda talantli tashkilotchi. U oʻzining 56 yillik ijodiy-ishlab chiqarish faoliyati davomida informatikaning nazariy asoslari, tizimli tahlil, boshqaruv, axborotni qayta ishlash, avtomatlashtirish va texnologik jarayonlarni boshqarish, matematik modellashtirish, hisoblash mashinalarining matematik va dasturiy taʼminoti kabi sohalarni rivojlantirishga hamda mamlakatimizda informatika fanini alohida fan maqomiga olib chiqishga salmoqli xissa qoʻshib kelayotgan yetakchi olimdir.
Mirzayan Mirzaaxmedovich Kamilov 1936 yilning 17 oktyabrida Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. U oʻzining professional faoliyatini 1960 yilda N. E. Bauman nomidagi Moskva Oliy texnika bilim yurtining „Hisoblash mashinalari“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan bitirganidan soʻng yoʻllanma orqali OʻzR FA Romanovskiy nomidagi matematika ilmiy tadqiqot institutining „Hisoblash texnikasi“ boʻlimida katta muxandis lavozimidan boshladi.
Mirzayan Mirzaaxmedovich 1967 yilda nomzodlik va 1974 yilda „Baholarni hisoblashga asoslangan yechim qabul qilish algoritmlarini qoʻllash usullari va nazariyasini ishlab chiqish“ mavzusida Rossiya Fanlar akademiyasini Moskva shahridagi Hisoblash markazining ixtisoslashtirilgan kengashida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1977 yilda professor ilmiy unvoniga ega boʻldi. 1989 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, 1994 yildan esa informatika ixtisosligi boʻyicha xaqiqiy aʼzosi boʻlib saylandi.
Mirzayan Mirzaaxmedovich koʻp qirralari ijodkor sifatida zamonaviy informatsion texnologiyalarni ishlab chiqishdagi dolzarb hamda amaliy masalalarini yechishdagi muhim nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash, natijalar ishonchligini taʼminlash hamda amaliyotda qoʻllash uchun yaroqli shaklgacha olib borishi bilan ajralib turadi. Modellashtirishda bunday yondashuv jarayon holatini tahlil qilish va maqbul qarorlar qabul qilish, turli darajadagi tizimlarni boshqarishni maromiga yetkazish, ishlash faoliyatini dasturlash va tashhislashda sezilarli darajada kengaytirish imkoniyatlarini beradi. Mirzayan Mirzaaxmedovichning „Qismiy pretsedentlikka asoslangan informatsion-tanib olish tizimlarining nazariyasi va ularni maʼlumotlarning intellektual tahlili uchun tadbiq qilish usullari“ mavzusidagi timsollarni aniqlash nazariyasi boʻyicha olib borgan fundamental tadqiqotlari tahsinga sazovordir. Uning gʻoyalari idroklashning tabiiyligi bilan bogʻlanganki, bu qaror qabul qilishning zamonaviy usullari asosida tasodifiy axborotlarni oldindan baholash imkoniyatini yaratib beradi. Ushbu nazariy ishlar kimyoviy texnologiya, timsollarni aniqlash va boshqa koʻpgina jarayonlarga qoʻllanilib, samarali natijalar olingan.
Ilmiy faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]M. M. Kamilovning ilmiy va amaliy tadqiqotlari asosida 6 ta monografiya va 350 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilindi.
Uning rahbarligida 17 ta doktorlik va 35 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Bundan tashqari M. M. Kamilov „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ni amalga oshirishda ham oʻzining ulkan hissasini qoʻshib kelmoqda. U Toshkent davlat texnika universitetida oʻzi tashkil qilgan (hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti“) kafedrasida uzoq yillar rahbarlik qildi va talabalarga amallarni tadqiqi, maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish kabi fanlardan oʻquv mashgʻulotlari olib bormoqda.
Akademik M. M. Kamilov Oʻzbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasida vitse prezidenti, Tizimli tadqiqotlar instituti direktori lavozimlarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan holda mamlakatimizda informatika fanining rivojlanishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda.
Hozirgi kunda M. M. Kamilov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazida „Timsollarni aniqlash“ laboratoriyasi mudiri, Markaz ilmiy va maxsus kengashlarining aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va koommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi tassarufidagi „Informatika va energetika muammolari“ Oʻzbekiston jurnali va „Kimyoviy texnologiya. Nazorat va boshqaruv“ Xalqaro ilmiy-texnikaviy jurnallarining tahririyati aʼzosi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida „Axborot texnologiyalarini dasturiy taʼminoti“kafedrasi professori boʻlib, universitet ilmiy, maʼnaviy hayotida faol qatnashib kelmoqda.