Kontent qismiga oʻtish

Mirzo Hamdam madrasasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Mirzo Hamdam madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Imom Buxoriy MFY, Roʻgʻangaron koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Mirzo Hamdam ibn Mirzo Muhammad Aʼzim
Homiylar Mirzo Hamdam ibn Mirzo Muhammad Aʼzim
Binokorlik 18971898-yillar
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Ayanchli ahvolga kelib qolgan
Hujralar soni 18
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Mirzo Hamdam madrasasiOʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan.

Madrasa 1897—1898-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Koʻkaldosh guzarida[2], oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida, Mirzo Hamdam ibn Mirzo Muhammad Aʼzim ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[3].

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat amir Abdulahadxon va qozi Mir Baxriddin ibn Sadriddin muhrlari bilan tasdiqlangan[3].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2014-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash, hududini obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 120 million soʻm mablagʻ ajratilganligiga qaramay[4], hozirga qadar inshoot ayanchli ahvolda qolib ketgan[2].

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].

Buxoro shahridagi Imom Buxoriy MFYga qarashli Roʻgʻangaron koʻchasida joylashgan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan[2]. 18 hujradan tashkil topgan[3].

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 15-iyul, 2022-yil(2022-07-15) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.