Mirzo Husayn Afandi Qayibov
Mirzo Husayn Afandi Qayibov | |
---|---|
Qayibov 1915-yilda | |
Unvoni | Kavkaz muftiysi |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 24-aprel 1830-yil |
Vafoti |
20-fevral 1917-yil (86 yoshda) |
Dini | Islom |
Maktab | Sunniylik |
Kasbi | adabiy tandiqchi, publisist, maʼrifatparvar |
Mirzo Husayn Afandi Qayibov (ozarbayjoncha: میرزا حسین افندی غائبوف; ozarbayjoncha: Mirzə Hüseyn Əfəndi Qayıbov) – adabiyotshunos, publitsist, maʼrifatparvar va Kavkaz muftiysi (1884–1917)[1]. Ozarbayjon adabiyotiga oid 4 jildlik asar muallifi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirzo Husayn 1830-yilda Aşağı Salahlı qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Mulla Yusuf qishloq mullasi edi. Ammo u yoshligida yetim qolib, qishloq mullasi – amakisi Ibrohim qoʻlida ulgʻaygan. Boshlangʻich taʼlimni ustoz Muhammad Musazodadan olgan. Diniy ilmlarni, arab, fors va turk tillarini, Sharq adabiyoti va tarixini yaxshi bilgan. Oʻqishni tugatgach, 1847–1857-yillarda oʻz ona qishlogʻida oʻqituvchi boʻlib ishladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qayibov 1857-yil 25-iyulda Kavkaz muftiysi Muhammad Afandi (1857–1872) huzurida Tbilisidagi uch yillik musulmon maktabida ishga qabul qilingan[2]. 1858-yilning fevralida u bu yerda shariat va sharq tillaridan dars bera boshlagan. U bu davrda Tbilisida yashagan Kavkazning koʻzga koʻringan ziyolilari boʻlgan Mirza Oxundov va Chavchavadzelar bilan doʻstlashgan. 1864-yil 31-yanvardan 1858 rubl ish haqi bilan gubernatorlik kotibi lavozimiga koʻtarilgan. 1878-yil 16-fevralda faol korpus qoʻmondoni ixtiyorida turk tilidan tarjimonlik qilish uchun Arzirumga yuborilgan[2].
Keyinchalik 1879-yilda Kavkazorti oʻqituvchilar seminariyasiga ishga oʻtdi. Tbilisida oʻz mablagʻi hisobidan kambagʻallar uchun maktab ochgan va arab va fors tillaridan birinchi muallim ishlagan. Keyinchalik, 20-asr boshlarida uni kengaytirib, olti sinfli „Muftiy-islom maktabi“ga aylantirgan. 1883-yilgacha oʻz faoliyati davomida 43 nafar ozarbayjonliklarga stipendiyalar ajratgan[3]. 1883-yil oxirida muallimlikdan boʻshagan va Kavkaz muftiysi etib tayinlangan.
1917-yil 20-fevralda vafot etdi. Uning vafotidan keyin imperator tuzumi qulashi tufayli Kavkaz diniy boshqarmasi oʻz funksiyasini yoʻqotdi[4].
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qayibov bir qancha maqola va kitoblar muallifi sifatida ham tanilgan. Musulmon madrasasiga yangi kelganlar uchun matematikadan „Masaili-ammil-hesab“ (Arifmetikaning umumiy masalalari) darsliklari va „Mabdei-talimi-sibyon“ (Oʻsmirlar uchun boshlanish) lingvistik asarini tayyorlagan. U 9 qismdan iborat „Tövsiyyətnamə“ (Tavsiyalar) kitobini yozib, unda koʻplab maqol, topishmoqlar, hikmatli soʻzlarni toʻplagan.
Ozarbayjon adabiyotiga oid 4 jildlik asarida ham Adolf Berge bilan hamkorlik qilgan. Kitobda XVIII-XIX asrlarda yashab oʻtgan 109 nafar ozarbayjon shoirlarining ijodidan namunalar keltirilgan. Kitob 1868-yilda Leipzigda nashr etilgan[5]. Qayibovning boshqa asarlari:
- „Zübtədül-Əhkamuş-şəriyyə“ (Shariat boʻyicha tanlangan hukmlar)
- „Nümuneyi-ləhceyi-Azərbaycan“ (Ozarbayjon dialektlaridan namunalar)
- „Müqəddəs tarix və sərfnəhv“ (Muqaddas tarix)[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Azerbaijan MOE. „Təqvim 24-26 may“. medeniyyet.az (2011-yil 21-may). 2021-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „The record of the Transcaucasian Mufti and the staff supervisor of the Tiflis Muslim School Omarov teachings of the State Councilor Huseyn-Effendi Gaibov“. Russian Perspectives on Islam. Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
- ↑ Mardanov, Misir. Azərbaycan təhsil tarixi. Bakı: Təhsil, 2011.
- ↑ ДЕМЧЕНКО. „Муфтий, совместивший веру и знания“. www.anl.az. Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
- ↑ Bergé, Adolf. Dichtungen transkaukasischer Sänger des XVIII. und XIX. Jahrhunderts in adserbeidshanischer Mundart. Leipzig: Metzger & Wittig, 1868. OCLC 248435349.
- ↑ M.Sultanov. „Şəmistan Nəzirli arxivlərinin sirri açılır“. azkurs.org (2011-yil 23-iyul). 2021-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
- 24-aprelda tugʻilganlar
- 1830-yilda tugʻilganlar
- 20-fevralda vafot etganlar
- 1917-yilda vafot etganlar
- Articles having same image on Wikidata and Wikipedia
- Kavkaz musulmonlari idorasi muftiylari
- Rossiya imperiyasi yozuvchilari
- 3-darajali Avliyo Stanislaus ordeni laureatlari
- 2-darajali Avliyo Stanislaus ordeni laureatlari
- 1-darajali Avliyo Stanislaus ordeni laureatlari
- Qazaxlik kishilar
- 1-darajali Avliyo Anna ordeni bilan taqdirlanganlar
- 2-darajali Avliyo Anna ordeni bilan taqdirlanganlar
- 3-darajali Avliyo Anna ordeni bilan taqdirlanganlar
- 20-asr forszabon yozuvchilari