Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasi
Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasi "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi davlat muzeyi.
Rus olimi V. L. Vyatkin vaqf hujjatlaridan birida Obi Rahmat arigʻi yoqasidagi Naqshi jahon degan joyda „Tali rasad“ (rasadxona tepaligi) boʻlgani haqidagi maʼlumotni uchratib qoladi. 1908-yilda shu yerda qazish ishlarini olib boradi va – Ulugʻbek rasadxonasi ochiladi.
Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biridir. Bino 1428-29-yillarda Koʻhak(Choʻponota)tepaligida, Obirahmat arigʻi boʻyida bunyod etilgan. Rasadxona silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30,4m dan iborat ulkan bino boʻlib, unda radiusi 40,2 metrli gigant-kvadrant boʻlgan. Kvadrantning janubiy qismi yer ostida joylashgan boʻlib, qolgan qismi shimol tomonda yer sathidan 30 metr baland boʻlgan.
Muzey
[tahrir | manbasini tahrirlash]1964-yilda rasadxona yonida muzey ochilgan. 1994-yil Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan rasadxonada katta obodonchilik ishlari amalga oshirildi, muzeyning yangi ekspozitsiyalari yaratildi. Lekin binoning seysmik talablarga javob bermasligi hisobga olinib 2010-yil eski muzey binosi oʻrnida yangi muzey binosi qad koʻtardi.
Monumenti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasadxona joylashgan hududning gʻarbiy tomonidan koʻtarilaverishda Oʻzbekiston xalq rassomi Ravshan Mirtojiyev tomonidan yaratilgan buyuk olim, taniqli davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekning taxtda oʻtirgan haykali, uning orqa tomonga Respublika badiiy akademiyasi aʼzosi Rustam Solijonov muyqalamiga mansub „yulduzli osmon“ tasviri tushirilgan panno oʻrnatilgan.
Ekspozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeyning koʻrgazma zallari jahon standartlariga mos vitrinalar bilan jihozlangan. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarda foydalanilgan „Dovul“ ekspozitsiyamizdagi asl ashyolardan hisoblanadi. Mirzo Ulugʻbek rasadxonasida kvadrantdan tashqari bir necha kuzatish asboblaridan ham foydalanilgan. Ularning orasida armilyar sfera (Zat al-xalak), trikver (Zat ash-shubatayn) kabi asboblar mavjud boʻlgan. Ekspozitsiyada Mirzo Ulugʻbek tomonidan rasadxonada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar namunalri, uning faoliyatiga bagʻishlab chet ellik olimlar tomonidan yozilgan manbalar, uning tadqiqoti natijalari va boshqa koʻplab muhim ashyolar oʻrin olgan.
Muzey ekspozitsiyasidan galleriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Rus olimi V. L. Vyatkin
-
Rasadxona va muzeyning shimoliy-gʻarbdan koʻrinishi
-
Muzey
-
Muzey. Kirish
-
Rasadxonaning tiklangan kesma maketi.
-
Rasadxona kvadrantining saqlanib qolgan qismi. Ustki qismi.
-
Rasadxona kvadrantining saqlanib qolgan qismi
-
Pochta markasi
Mirzo Ulugʻbekning boy ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va rahbarligida Mirzo Ulugʻbekning 600 va 615 yillik tavallud ayyomlari xalqaro miqyosida keng nishonlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1994-yilni „Mirzo Ulugʻbek yili“ deb eʼlon qilindi.