Mirzo Ulugʻbek nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan. Umumiy maydoni: 12,91 gektarni tashkil etadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1934-yilda Telman nomi bilan bunyod etilgan. 1993-yildan beri „Bogʻi eram“ deb yuritiladi. 2003-yildan hozirgacha shu nom bilan ataladi. 1998-99-yillarda qayta taʼmirlangan[1].
Oʻsimliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogʻda 11600 dan ziyod chinor, qaragay, archa, kashtan, argʻuvon, tol, terak, akatsiya, dub kabi manzarali va turli mevali daraxtlar oʻsadi, shuningdek, 4000 ga yaqin buta bor. Gulzorlarga har yili 10000 tup gul koʻchati ekiladi. Maysazorlar parvarishlanadi.
Oʻyingohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogʻda choʻmilish va manzarali suv xavzalari, 3 ta favvora va sunʼiy sharsharalar bor. Bolalar maydonchasi, yozgi sahna, sport majmuasi (futbol, voleybol, basketbol maydonlari, katta tennis korti, yugurish yoʻlaklari), shaxmat-shashka, stol tennisi pavilonlari, 35 ta attraksion, umumiy ovqatlanish (kafe-restoranlar), savdo shoxobchalari aholiga xizmat koʻrsatadi. Turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, anʼanaviy bayram va sayillar oʻtkazib turiladi. Shaxmat-shashka klubi tashkil etilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.