Misr Ayollar Premier-ligasi
Davlat | Misr |
---|---|
Konfederatsiya | CAF |
Tashkil etilgan | 1998-yil |
Jamoalar soni | 14 ta |
Pastki liga | Regional Leagues |
Ichki kuboklar | Misr Ayollar Kubogi |
Xalqaro musobaqalar | CAF Ayollar Chempionlar Ligasi |
Amaldagi chempion | Wadi Degla |
Eng koʻp marta chempion | Wadi Degla (13 marta) |
Joriy mavsum: 2022–2023-yilgi mavsum Misr Ayollar Premer-ligasi |
Misr Ayollar Premier-ligasi (arabcha: الدوري المصري الممتاز للسيدات ) Misrdagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori pog'onasi. Misr Ayollar Premier-ligasi Misr futbol assotsiatsiyasi boshchiligida va Misr futbol assotsiatsiyasi mablag`lari hisobidan o'tkaziladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Misr Ayollar Premier-ligasi 1998-yilda tashkil etilgan. EI Maaden LFC jamoasi birinchi chempionlikni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari El Maaden LFC jamoasi Misr Ayollar Premer-ligasining 1-mavsumidan keyingi keyingi uchta mavsumda ham chempionlikni qo`lga kiritgan[1].
Misr Ayollar Premier-ligasi 2003-yildan 2007-yilgacha to'xtatilgan. Misr Ayollar Premer-ligasining 2008-yildan 2018-yilgacha ketma-ket o'nta mavsumida faqat va faqat Vadi Degla jamoasi chempion bo`lgan. 2011-yilgi Misr inqilobi tufayli Misr Ayollar Premer-ligasining 2010-2011-yilgi mavsumi bekor qilindi. Biroq bir mavsumdan keyin Misr Ayollar Premier-ligasi yana qaytadan tashkil etildi[2].
Formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Misr Ayollar Premier-ligasi oʻn ikkita jamoadan iborat. Misr Ayollar Premier-ligasining bir mavsumi ikki davra, jami 22 oʻyindan iborat. Misr Ayollar Premier-ligasida har bir klub bir-biriga qarshi ikkitadan o`yin oʻynaydi: bir davrada maʼlum bir klubga qarshi uy oʻyini, ikkinchisida esa mehmonda oʻynaydi. Misr Ayollar Premier-ligasi mavsumlari, odatda, avgust yoki sentabrda boshlanadi, birinchi davra oʻyinlari dekabrda tugaydi. Ikkinchi davra odatda fevral oyida boshlanadi va may yoki iyun oylarida tugaydi, lekin baʼzida ikkinchi davraning birinchi oʻyinlari dekabr oyida ham oʻtkaziladi. Jahon chempionati oʻtkaziladigan yillarda (har toʻrt yilda bir) Misr Ayollar Premier-ligasi turnir jadvalini oʻzgartirishi mumkin.
Misr Ayollar Premier-ligasi reytingi klublarning mavsum davomida toʻplagan ochkolari asosida aniqlanadi. Gʻalaba 3 ochko, durang 1 va magʻlubiyat 0 ochko hisoblanadi.
Chempion jamoalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Misr Ayollar Premer-ligasining chempionlar va ikkinchi o'rin egalari ro'yxati:[3]
Yil | Chempionlar | Ikkinchi o‘rin |
---|---|---|
1998–1999 | El Maaden LSC | - |
1999–2000 | El Maaden LSC | Smouha SC |
2000–2001 | El Maaden LSC | Smouha SC |
2001–2002 | Goldi LSC | Aviation SC |
2002–2003 | Smouha SC | Aviation SC |
2003–2004 | bekor qilingan | |
2004–2005 | ||
2005–2006 | ||
2006–2007 | ||
2007–2008 | Wadi Degla | Aviation SC |
2008–2009 | Wadi Degla | - |
2009–2010 | Wadi Degla | Smad Talkha SC |
2010–2011 | bekor qilingan | |
2011–2012 | Wadi Degla | - |
2012–2013 | Wadi Degla | - |
2013–2014 | Wadi Degla | - |
2014–2015 | Wadi Degla | Aviatsiya SC |
2015–2016 | Wadi Degla | Aviatsiya SC |
2016–2017 | Wadi Degla | Aviatsiya SC |
2017–2018 | Wadi Degla | Aviatsiya SC |
2018–2019 | Aviation SC | Wadi Degla |
2019–2020 | Wadi Degla | Kafr Saad SC |
2020–2021 | Wadi Degla | El Gouna FK |
2021–2022 | Wadi Degla | El Gouna FK |
2022–2023 | davom etyapti | davom etyapti |
Chempion jamoalar reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reyting | Klub | Chempionlik soni | Ikkinchi o‘rin | Chempion bo`lgan mavsum(lar) | Ikkinchi o`rinni olgan mavsumlar |
---|---|---|---|---|---|
1 | Wadi Degla | 13 | 2008, 2009, 2010, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2020, 2021, 2022 | ||
2 | Goldi LSC | 4 | 1999, 2000, 2001, 2002 | ||
3 | Smouha SC | 1 | 2003 | ||
4 | Aviatsiya SC | 1 | 2019 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Vezéráldozattal, de megnyertük a rájátszást“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
- ↑ „Vezéráldozattal, de megnyertük a rájátszást“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
- ↑ „Egypt - List of Women Champions“. rsssf.com. Hans Schöggl (2021-yil 2-iyun).