Misrda turizm
Turizm Misr iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan asosiy daromad manbalaridan biridir. Bu soha 2020-yilda Misrdagi ishchi kuchining qariyb 20% qismini ish bilan taʼminlagan[1], 14,7 million mehmonga xizmat koʻrsatgan va qariyb 12,5 milliard dollar daromad keltirgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yilda Misrdagi sayyohlar soni 0,1 million kishini tashkil etdi. 1975-yildan boshlab turizm iqtisodiyotning muhim sohasiga aylandi, chunki Misr deyarli barcha Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari uchun viza cheklovlarini yengillashtirdi va Avstriya, Niderlandiya va Daniya kabi mamlakatlarda elchixona ochdi. 1979-yilda Turkiyadan turizm boʻyicha mutaxassislar olib kelindi va 1979-1981-yillarda Turkiya yordami bilan mehmondoʻstlik va turizmni boshqarish boʻyicha diplom kurslarini oʻrgatuvchi bir qancha yangi kollejlar tashkil etildi. Sayyohlar oqimi 1981-yilda 1,8 millionga, 2000-yilda esa 5,5 millionga yetdi.2010-yilda tasshrif buyuruvchilar soni eng yuqori choʻqqiga chiqdi va 14,7 million kishini tashkil etdi[2][3].
Qadimiy Misr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi Misr sivilizatsiyasi Misrga tashrif buyuruvchilar uchun diqqatga sazovor koʻplab yodgorliklar va ibodatxonalarni qoldirdi. Bularga quyidagilar kiradi: Piramidalar: Nil daryosi boʻylab 70dan ortiq piramidalar mavjud boʻlib, Gizaning uchta piramidasi eng mashhuri hisoblanadi. Piramidalar bunday 4000 yil oldin qirollar Xeops, Kefren va Mykerinos davrida qurilgan. Bu uchta shohning jasadi piramidalar ichiga dafn etilgan. Xeops piramidasi balangligi 145 metr boʻlib, Buyuk Piramida deb ataladi. Zebesdagi Shohlar vodiysi: Piramidalar ichidagi qabrlarning oʻgʻirlanishi tufayli oʻn sakkizinchi va yigirmanchi sulolalarning 26ta firʼavnlari, shu jumladan Tutanxamun, Buyuk Ramses va Tutmos III qabrlarini Shohlar vodiysi qoyasiga oʻyib qoʻyishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ https://web.archive.org/web/20091029022102/http://af.reuters.com/article/investingNews/idAFJOE59J0PG20091020?sp=true
- ↑ 2,0 2,1 „arxiv nusxasi“. 2017-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.
- ↑ http://www.indexmundi.com/facts/egypt/international-tourism