Misrliklar
Qiyofa
Misrliklar, Misr arablari — xalq. Misrning asosiy aholisi (54,2 mln. kishi). Umumiy soni 54,6 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Arab mamlakatlari, Germaniya, Avstraliya, Kanada va boshqa davlatlarda ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Arab kabilalari Misrga miloddan avvalgi 1ming yillikda kirib kelishgan. Misr 7-asrda Arab xalifaligi tomonidan egallangach, arablarning mahalliy kopt (qibtiy), barbar va boshqa aholi bilan aralashuvi natijasida Misr arablari shakllangan. Deqqonchilik, chorvachilik, hunarman-dchilik (zargarlik yaxshi rivojlangan) bilan shugʻullanadilar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |