Mitan tumani
tuman | |
---|---|
Tegishli | Samarqand viloyati |
Tarkibida | 9 ta qishloq soveti |
Maʼmuriy markazi | Mitan |
Asos solingan sanasi | 1926-yil |
Bekor qilingan sanasi | 1959-yil 2-mart |
Aholi | 40 008 kishi (1939) |
Maydoni | 980 km² |
Xaritada |
Mitan tumani — Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyatidagi 1926—1959-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitan tumani 1926-yilda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati tarkibida tashkil etilgan. Markazi Mitan qishlogʻi.
1930-yilda Samarqand okrugining tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtdi.
1938-yil 15-yanvarda tuman Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.
1943-yil 13-fevralda tumanning 5 ta qishloq soveti yangi tuzilgan Qoʻshrabot tumaniga oʻtkazildi.
1948-yil 1-oktyabr holatiga, tuman tarkibiga 9 qishloq soveti: Oqtepa, Barlos, Zarband, Kultusun, Qoʻngʻirot, Qurli, Mitan, Fayzyobod va Chimqoʻrgʻon kirgan[1].
1957-yil 12-oktyabrda tugatilgan Qoʻshrabot tumanining bir qismi Mitan tumaniga qoʻshib beriladi[2].
1959-yil 2-martda tuman tugatilib, hududi Ishtixon tumaniga oʻtkazildi[3].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1939-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, tumanda 40 008 kishi yashagan, jumladan oʻzbeklar 91,5%, ruslar 2,7%, tojiklar 2,4%, tatarlar 1,2%, qozoqlar 1,1% tashkil etgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Административно-территориальное деление Узбекской ССР, Ташкент, 1948.
- ↑ Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 25 (892), 1957 g.
- ↑ Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 11 (943), 1959 g.
- ↑ „Всесоюзная перепись населения 1939 года. Национальный состав населения районов, городов и крупных сел союзных республик СССР“. Демоскоп. Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.