Mitchell Weiser
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mitchell-Elijah Weiser[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-aprel 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Troisdorf, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.77 m[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi, yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Werder Bremen | ||
Raqami | 8 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000-2005 | TV Eintracht Veltenhof | ||
2005-2011 | 1. FC Köln | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2012 | 1. FC Köln II | 2 | (0) |
2011-2012 | 1. FC Köln | 1 | (0) |
2012-2014 | Bayern Munich II | 35 | (3) |
2012-2015 | Bayern Munich | 16 | (1) |
2013 | → 1. FC Kaiserslautern (ijara) | 13 | (2) |
2015-2018 | Hertha BSC | 70 | (5) |
2018-2022 | Bayer Leverkusen | 53 | (3) |
2021-2022 | → Werder Bremen (ijara) | 24 | (2) |
2022- | Werder Bremen | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2010 | Germaniya U16 | 3 | (0) |
2010-2011 | Germaniya U17 | 22 | (4) |
2012 | Germaniya U18 | 1 | (0) |
2013-2014 | Germaniya U20 | 5 | (0) |
2015-2017 | Germaniya U21 | 12 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 1-iyun uchun) |
Mitchell-Elijah Weiser (talaffuzi: Mishell Veyzer; 1994-yil 21-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Werder Bremen klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sobiq nemis futbolchisi Patrick Weiserning oʻgʻli Weiser bolaligini Braunschweigda oʻtkazgan[3]. U yerda Eintracht Veltenhof klubi yoshlar jamoasida oʻynagan.
1. FK Köln
[tahrir | manbasini tahrirlash]Weiser faoliyatini 2005-2006-yilgi mavsumda 1. FC Kölnda boshlagan. 2011-yilda U17 jamoasi bilan ilk kubokni qoʻlga kiritgan.
Bundesligadagi debyutini 2012-yilning 25-fevralida Bayerga qarshi o‘yinda klubning eng yosh futbolchisi sifatida o‘tkazdi[4]. Bu uning „Bayern Munich“ga oʻtishdan oldin jamoadagi yagona oʻyinidir[5].
Bayern Munich
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilning 1-iyunida Weiser Bayern Munichga oʻtib, 2015-yilgacha shartnoma imzoladi[6].
2013-2014-yilgi mavsumda Bayern Munichga qaytganida, Weiser Bayern Munich safidagi ilk golini 2013-yilgi Audi Cup musobaqasida San-Paulu darvozasiga kiritdi[7].
2013-yilning 5-noyabrida UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini Bayern Munich bilan guruh bosqichida FC Viktoria Plzeňga 1:0 hisobida g‘alaba qozonganida oʻtkazdi, 87-daqiqada Mario Götse o‘rniga maydonga tushgandi[8].
2014-yilning 5-aprelida Bayern Munich safida Bundesligadagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Chempionlik allaqachon qoʻlga kiritilganidan soʻng, Weiser asosiy tarkibga tanlandi[9].
2015-yilning 21-fevralida SC Paderborn 07ga qarshi 6:0 hisobida g‘alaba qozongan[10]. Weiser o‘zining Bundesligadagi ilk golini[11] 78-daqiqada kiritdi[10].
Gerta BSC
[tahrir | manbasini tahrirlash]Weiser 2015-yil 17-iyun kuni Herta BSC bilan uch yillik shartnoma imzoladi[12]. 2015-2016-yilgi mavsumning boshlanishini oʻtkazib yubordi[13]. Gerta safida Werderga qarshi ikkinchi oʻyinda oʻynadi[14]. 2015-2016-yilgi mavsumni 33 oʻyinda ikkita gol bilan yakunlagan[15][16]. 2016-yilning 18-sentyabrida Schalkega qarshi o‘yinda (2:0) birinchi golni kiritdi[17]. 2016-2017-yilgi mavsumda 21 oʻyinda 4 ta[18] 2017-18-yilgi mavsumda 31 oʻyinda ikkita gol bilan yakunlagan[19].
Bayer Leverkusen
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning may oyida Leverkusen Gertadan Mitchell Weiserni 2023-yilgacha sotib olgani va shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[20][21]. 2018-yilning 29-noyabrida Yevropa musobaqalaridagi ilk golini 2018-2019-yilgi UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi Ludogorets Razgrad ga qarshi o‘yinda (1:1) kiritdi[22].
Werder Bremen
[tahrir | manbasini tahrirlash]Weiser 2. Bundesliga klubi Werder Bremenga 2021-yil 31-avgustda qoʻshildi[23]. 11-sentabr kuni Ingolshtadtga qarshi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda ikkinchi gol urdi[24]. Iyul oyida Werder bilan doimiy shartnoma imzolagan[25].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 10-yanvarda Weiser Germaniya U16 terma jamoasida Kiprga qarshi 6:0 hisobidagi oʻyinda debyut qildi. U 2010-yilning 4-sentyabrida Ozarbayjonga qarshi oʻyinda (2:0) U-17 terma jamoasidagi ilk golini kiritdi. Uning birinchi xalqaro turniri 2011-yilda Serbiyada bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati bo‘lib, unda jamoa Gollandiyaga qarshi finalda oʻynashdi va 2:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 Jahon chempionati uning navbatdagi turniri boʻlib, jamoa uchinchi oʻrinni egalladi va Weiser oltita oʻyinda uchta gol bilan turnirni yakunladi[26]. Uning oʻyin uslubi va qobiliyati Dani Alves bilan taqqoslangan[27][28]. 2017-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati finalida 21 yoshgacha bo‘lgan Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda yagona gol muallifi bo‘ldi va jamoaga 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi umumiy chempionligini qo‘lga kiritishiga yordam berdi[29].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-iyun, 2022-yil
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qirʼa | Boshqa | Jami | Manba | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
1. FC Köln II | 2011-12 | Regionalliga West | 2 | 0 | — | — | — | 2 | 0 | [30] | |||
1. FC Köln | 2011-12 | Bundesliga | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | [30] | ||
Bayern Munich | 2012-13 | Bundesliga | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | [30] |
2013-14 | Bundesliga | 3 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | [30] | |
2014-15 | Bundesliga | 13 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 16 | 1 | [30] | |
Jami | 16 | 1 | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 21 | 1 | — | ||
Bayern Munich II | 2012-13 | Regionalliga Bayern | 9 | 1 | — | — | — | 9 | 1 | [30] | |||
2013-14 | Regionalliga Bayern | 19 | 3 | — | — | — | 19 | 3 | [30] | ||||
2014-15 | Regionalliga Bayern | 7 | 0 | — | — | — | 7 | 0 | [30] | ||||
Jami | 35 | 4 | — | — | — | 35 | 4 | — | |||||
1. FC Kaiserslautern (ijara) | 2012-13 | 2. Bundesliga | 13 | 2 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 15 | 2 | [30] | |
Hertha BSC | 2015-16 | Bundesliga | 29 | 2 | 4 | 0 | — | — | 33 | 2 | [31] | ||
2016-17 | Bundesliga | 17 | 2 | 2 | 2 | 2 | 0 | — | 21 | 4 | [32] | ||
2017-18 | Bundesliga | 24 | 1 | 2 | 1 | 5 | 0 | — | 31 | 2 | [33] | ||
Jami | 70 | 5 | 8 | 3 | 7 | 0 | — | 85 | 8 | — | |||
Bayer Leverkusen | 2018-19 | Bundesliga | 30 | 1 | 3 | 0 | 8 | 1 | — | 41 | 2 | [30] | |
2019-20 | Bundesliga | 18 | 1 | 5 | 0 | 5 | 0 | — | 28 | 1 | [30] | ||
2020-21 | Bundesliga | 5 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 5 | 1 | [30] | ||
2021-22 | Bundesliga | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | [30] | ||
Jami | 53 | 3 | 9 | 0 | 13 | 1 | — | 75 | 4 | — | |||
Werder Bremen | 2021-22 | 2. Bundesliga | 24 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 24 | 2 | [30] | |
Jami faoliyati | 214 | 17 | 19 | 3 | 23 | 1 | 2 | 0 | 258 | 21 | — |
Terma jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Terma jamoa | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
2010 | Germaniya U16 | 3 | 0 |
2010-2011 | Germaniya U17 | 22 | 4 |
2012 | Germaniya U18 | 1 | 0 |
2013-2014 | Germaniya U20 | 5 | 0 |
2015-2017 | Germaniya U21 | 12 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayern Munich[34]
- Bundesliga: 2013-2014, 2014-2015
- DFB-Pokal: 2013-2014
- DFL-Superkubogi: 2012-yil
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2013-yil
Germaniya
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2017[35]
- DFB-Pokal eng yaxshi yordamchi: 2015-2016[36]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA Club World Cup Morocco 2013: List of Players“. FIFA (2013-yil 7-dekabr), s. 5. 2013-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-dekabr.
- ↑ „Mitchell Weiser“ (de). SV Werder Bremen. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Nicht abgehoben - Mitch Weiser im Portrait“ (German). fck.de (2013-yil 7-may). Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Mitchell Weiser: 10 things on Hertha Berlin's Germany Under-21 hero“. Bundesliga. Qaraldi: 2018-yil 14-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Mitchell Weiser » Club matches“. World Football. Qaraldi: 2015-yil 25-iyul.
- ↑ „Vollzug: Weiser landet bei den Bayern“ (German). kicker.de (2012-yil 1-iyun). Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
- ↑ „Mandzukic bringt die Bayern in die Spur“ (German). kicker.de (2013-yil 31-iyul). Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
- ↑ „Viktoria Plzeň vs. Bayern München 0 - 1“. Soccerway (2013-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 6-noyabr.
- ↑ „Bayern focus shifts quickly to United“. Bundesliga. 2014-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-aprel.
- ↑ 10,0 10,1 „6:0! Lewandowski und Robben düpieren den SCP“ (German). kicker (2015-yil 21-fevral). Qaraldi: 2015-yil 23-fevral.
- ↑ Lovell, Mark. „Bayern Munich awakening from winter-break hibernation“. ESPN FC (2015-yil 23-fevral). Qaraldi: 2015-yil 23-fevral.
- ↑ „Alles klar mit Weiser: Vertrag bei Hertha bis 2018“ (German). kicker (2015-yil 17-iyun). Qaraldi: 2015-yil 17-iyun.
- ↑ Rohr, Steffan. „Weiser verpasst den Saisonstart“ (German). kicker (2015-yil 25-iyul). Qaraldi: 2015-yil 25-iyul.
- ↑ „Ujah antwortet Stocker und Vestergaard hat Pech“ (German). kicker (2015-yil 21-avgust). Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
- ↑ „Mitchell Weiser“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2015-yil 25-iyul.
- ↑ „Perfekt! Mitchell Weiser verlängert bei Hertha BSC bis 2020“ (de). BZ (2016-yil 27-avgust). Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
- ↑ Bienkowski. „Bundesliga: Weiser downs Schalke in Berlin, Mainz win first of the season“. Deutsche Welle (2016-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Mitchell Weiser“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Mitchell Weiser“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
- ↑ „BAYER 04 VERPFLICHTET MITCHELL WEISER“ (German). bayer04.de (2018-yil 8-may).
- ↑ „Bayer Leverkusen sign Mitchell Weiser from Hertha BSC“. Goal.com. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
- ↑ „Gruppensieg vertagt: Ludogorets Rasgrad trotzt Bayer Leverkusen in der Europa League Remis ab“ (German). goal.com (2018-yil 30-noyabr).
- ↑ „Werder Bremen leiht MItchell Weiser von Bayer Leverkusen aus“ (de). kicker (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
- ↑ „Werder Bremen gewinnt in Ingolstadt: Mitchell Weiser trifft bei Debüt“ (de). NWZ (2021-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Weiser-Wechsel kommt doch noch zustande“ (de). kicker (2022-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ Constable. „Chelsea Scout 'New Dani Alves' As Long Term Bosingwa Replacement“. caughtoffside.com (2012-yil 16-yanvar). 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
- ↑ „The German Dani Alves, the Austrian Nuri Sahin & more - the Bundesliga starlets to watch this spring“. goal.com (2012-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
- ↑ Constable. „Chelsea Scout 'New Dani Alves' As Long Term Bosingwa Replacement“. caughtoffside (2012-yil 16-yanvar). 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
- ↑ „Germany stun Spain to claim Under-21 title after Mitchell Weiser header“. The Guardian. Qaraldi: 2018-yil 30-may.
- ↑ 30,00 30,01 30,02 30,03 30,04 30,05 30,06 30,07 30,08 30,09 30,10 30,11 30,12 30,13 „Mitchell Weiser » Club matches“. World Football. Qaraldi: 2015-yil 25-iyul.
- ↑ „Mitchell Weiser“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2015-yil 25-iyul.
- ↑ „Mitchell Weiser“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Mitchell Weiser“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
- ↑ „M. Weiser“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
- ↑ „Weisers Kopfball macht den EM-Traum wahr“ (de). kicker.de (2017-yil 30-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
- ↑ „German DFB Pokal Statistics - ESPN FC“. ESPN FC. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.