Kontent qismiga oʻtish

Mixail Andreyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Andreyev
Tavalludi 10-noyabr 1948-yil
Vafoti 10-noyabr 1948 va 1948
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR

Mixail Stepanovich Andreyev (1873-yil –1948-yil) – rus va sovet sharqshunosi, Oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati tadqiqotchisi, etnograf va tilshunos, arxeolog.

Oddiy askarning nabirasi Mixail Stepanovich Andreyev 1873-yil 24-sentyabrda Toshkentda tavallud topgan. Toshkent gimnaziyasida oʻqigan, 1889-yilda gimnaziyadan Turkiston oʻqituvchilar seminariyasiga oʻtgan. Andreyev seminarchi sifatida Toshkentning „eski shahar“ qismiga tez-tez borib turgan va vaqt oʻtishi bilan madrasaning baʼzi talabalari va ular orqali mudarris Qozi Sharif-xoʻja oilasi va Ubaydulloh Maqsum bilan yaqindan tanishgan. Mixail seminariyada oʻqigan yillarida kasal boʻlib qolgan va shifokorlar maslahati bilan togʻlarga sayohat qilgan. U Chimkentda boʻlganida qirgʻizlarning koʻchmanchi qishlogʻiga qoʻshilib, ularning hayoti va turmush tarzini diqqat bilan kuzatgan[1].

Keyinchalik Andreyevning sayohatlari qizgʻin tus olgan (Angrenning yuqori oqimi, Fargʻona vodiysi, Qizilqum, Falgar, Matcha va boshqalar). Sayohatlarining birida Zarafshon muzligiga yetib borgan Andreyev Yangi Saboq dovoni orqali qaytib, keyinchalik Shahrisabzdan Hisor vodiysiga yoʻl olgan va Ura-Tyuba orqali Toshkentga qaytib kelgan.

Andreyev 1893-yilda Toshkent oʻqituvchilar seminariyasini tugatgandan soʻng Xoʻjandda „mahalliy milliy aholi uchun kechki kurslar mudiri“ boʻlib ishlagan va Turkiston oʻlkasining turli joylarida boʻlib, arxeologik va etnografik maʼlumotlarni qunt bilan toʻplagan[2].

Andreyev 1929-yil 31-yanvarda taniqli sovet sharqshunoslari, akademiklar S. F. Oldenburg, V. V. Bartold, F. I. Sherbatskiy va I. Y. Krachkovskiy taklifiga binoan SSSR Fanlar akademiyasi Gumanitar fanlar boʻlimining muxbir aʼzolari etib saylangan (kelishuv asosida).

1930-yilda OGPU kollegiyasi uni 3 yilga Olmaotaga surgun qilgan. Belgilangan muddatdan oldin Toshkentga qaytgan.

Mixail 1934-yilda Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Soveti va Tojikiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti taklifi bilan Xuf vodiysi boʻyicha ilgari toʻplangan etnografik va lingvistik materiallarni toʻldirish maqsadida Pomir viloyatiga ekspeditsiya oʻtkazgan[3].

Mixail 1934-yil oxiridan 1940-yilgacha Toshkentdagi sanʼat muzeyida Oʻrta Osiyo xalqlari sanʼati boʻyicha maslahatchi boʻlib ham ishlagan. 1936-yilda muzeyning Buxoro va Xivaga etnografik-badiiy ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan. 1937-yilda muzeyning navbatdagi ekspeditsiyasi Nurota qishlogʻi va Margʻilon shahriga yoʻl olgan.

Andreyev 1938-yil 10-avgustda hibsga olingan va ingliz razvedkasi uchun josuslikda ayblangan, ammo 1939-yil 11-iyunda ozod qilingan.

1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, 1929-yilda Rossiya Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi, 1945–1944-yillarda Oʻzbekiston va Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi boʻlgan. 1894-yilda Toshkentdagi Eshonquli dodho madrasasida oʻqigan. Akademik Mixail 1897-yil Moʻgʻuliston va Sharqiy Turkiston ekspeditsiyalarida ishtirok etgan. 1918–1920-yillarda Turkiston sharqshunoslik instituti, keyinroq Oʻrta Osiyo davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti dekani boʻlgan. Mixail Stepanovich 1927–1947-yillarda dotsent, soʻngra professor Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida etnografiya boʻlimini boshqargan (1944–1948). U Oʻrta Osiyo miqyosida oʻtkazilgan bir qancha etnografik ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan. Asosiy ilmiy asarlarida Turkiston xalqlarining urf-odati, eʼtiqodi, sanʼati va dini yoritilgan. Sharqiy Eron tillarining tasnifiga oid asarlari ham bor[4].

Andreyev 1940-yilda koʻhna Buxoro archasi boʻyicha keng va xilma-xil materiallar toʻplagan ekspeditsiya tashkil etgan. A. K. Pisarchik uning rafiqasi va hamkasbi edi. Ularning qizi Yekaterina Mixaylovna Andreyeva, araxnolog, biologiya fanlari nomzodi.

Olim Ulugʻ Vatan urushi yillarida SSSR FA Sharqshunoslik institutining Toshkentda tashkil etilgan guruhi ishida Hindiston kabineti xodimi sifatida faol ishtirok etgan. Turkologik va Oʻrta Osiyo kabinetlarining Toshkentda tashkil etilgan majlislarida ham qatnashgan[5].

Andreyev 1943-yil 3-noyabrda oʻsha paytda tuzilgan Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi (akademigi) etib saylangan. 1944–1947-yillarda Oʻzbekiston SSR FA Tarix va arxeologiya institutida etnograflar guruhiga rahbarlik qilgan. U 1947-yilda Stalinobodga koʻchib oʻtgan va u yerda Arxeologiya va etnografiya muzeyini ochishga tayyorgarlik ishlari bilan shugʻullangan.

Arxeologning 60 ga yaqin asarlari nashr etilgan. Turkiston arxeologiya ixlosmandlari toʻgaragi, Tojikiston va uning chegarasidan tashqaridagi Eron xalqlarini oʻrganish jamiyati hamda Rus geografiya jamiyati Turkiston boʻlimi aʼzosi boʻlgan.

Andreyev 1948-yil 10-noyabrda fojiali ravishda[6] Stalinobodda (Dushanbe) vafot etgan.

  1. „Андреев Михаил Степанович“. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
  2. V 1918 godu, kogda voznikla ideya sozdat v Tashkente Universitet, ego priglashayut organizovat Vostochniy fakultet. Mechta, voznikshaya v Parije, voplotilas. On sozdayot ne fakultet, a Vostochniy institut i stanovitsya ego pervim direktorom, odnovremenno prepodavaya tadjikskiy i persidskiy yaziki. I esli Universitet togda eщyo ne imel professionalnix kadrov prepodavateley i bil soobщestvom razlichnix krujkov, to Vostochniy institut pod rukovodstvom Andreeva bil polnotsennim uchebnim zavedeniem. Cherez dva goda institut reorganizovali v Vostochniy fakultet Sredneaziatskogo universiteta.
  3. „Михаил Степанович Андреев“. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Arxiv Slujbi natsionalnoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan. Arxivno-sledstvennoe delo №P-14031,l.72-78.
  6. Sudba samogo Andreeva bolee pechalna. Yego blestyaщie leksii i beskonechnaya eruditsiya sniskali emu slavu v Stalinabade, kak sredi lyudey nauki, tak i sredi lits slabogo pola. Odna iz dam, ne poluchiv vzaimnosti ot starika, opustila topor na ego golovu. Tak pechalno zakonchilas jizn sozdatelya Vostochnogo instituta v Tashkente i odnogo iz samix znamenitix podvijnikov nashego goroda. Yego jena Pisarchik A. K. prodoljala ego delo. Potomok polskix pereselensev, internirovannix v Tashkent borsov za nezavisimost Rechi Pospolitoy, ona vsyu jizn razdelyala trudnuyu sudbu svoego muja. No ostalas jit v Stalinabade u mogili muja i v Tashkent ne vernulas.