Kontent qismiga oʻtish

Mixail Arinin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mixail Aleksandrovich Arinin (1897.3.9, Saratov gubernyasi — 1967.7.5, Toshkent) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1951). 1924-yildan dastlab Koʻqonda, soʻng Toshkentda yashab ijod qilgan. 1930-yillarda „Paran-jini yondirish“, „Gʻoʻza chopigʻi“ (1935), „Paxta topshirish“ (1937) va boshqa asarlarni yaratdi. Ikkinchi jahon urushi yillari OʻzTAGda ishladi. Shimoliy Kavkaz frontida boʻlib, „Nemislar ketgandan keyin“, „Togʻlik qiz portreti“, „Fashistlar qiynoqxonasida“ asarlarini, urushdan keyin „Musobaqalashmoqdalar“ (1949), „Shohimardon yoʻlida“ (1957) kabi asarlarni ishladi. 1956 — 57 yillarda u Oʻ. Tansiqboyev va K. Cheprakovlar bilan Navoiy teatri foyelarini devoriy rasmlar bilan bezadi. A. manzaralari 619(„Sirdaryo“, 1960; „Bahor“, 1962 va boshqalar)da Oʻzbekistonning goʻzal tabiatini aks ettirdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil