Kontent qismiga oʻtish

Mixail Arutyunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Arutyunov
Asl ismi armancha: Միքայել Սաղաթելի Հարությունյան
Tavalludi 15-iyun 1898-yil
Zangezur tumani, Elizavetpolskaya guberniya, Rossiya imperiyasi
Vafoti 13-iyul 1944-yil(1944-07-13)
(46 yoshda)
Zarasay tumani, Litva SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 1942-1944-yillar
Unvoni Sovet gvardiyasiYefreytor
Harbiy  qism 201-gvardiya o‘qchilar polki, 67-gvardiya o‘qchilar diviziya, 6-gvardiya armiya, 1-Boltiq fronti
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
|

Mixail Agatelovich Arutyunov (armancha: Միքայել Սաղաթելի Հարությունյան; 1898-yil 15-iyun — 1944-yil 13-iyul) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.07.1944).

Mixail Arutyunov 1898-yil 15-iyunda Rossiya imperiyasi Elizavetpolskaya guberniya Zangezur tumani (hozirgi Gexanush, Syunik viloyati, Armaniston) dehqon oilasida tugʻilgan. Oilasi bilan Oʻzbekistonga koʻchib kelgach, u toʻliqsiz oʻrta maʼlumot oldi. Samarqand ijroiya qoʻmitasi tuman moliya boʻlimida inspektor boʻlib ishlagan[1].

1942-yil sentabrda Mixail Arutyunov Sovet Armiyasi safiga chaqirildi. Oʻsha vaqtdan beri frontda u 201-gvardiya oʻqchilar polkining (67-gvardiya oʻqchilar diviziyasi, 6-gvardiya armiyasi, 1-Boltiq fronti) piyoda avtomatchi sifatida jang qildi[1].

Mixail Arutyunov 1944-yilda Belorussiya operatsiyasi va Boltiq davlatlarida olib borgan janglarida alohida ajralib turdi. 22-iyunda Orexi qishloq yonida (Vitebsk viloyatining Sirotinskiy tumani) mamoni yechish uchun boʻgan jangda u 5 gitler zobitlarini avtomat bilan oʻqa tutdi va pulemyot punktini yuk qildi. 24-iyun kuni u Uzreche qishlogʻi (Vitebsk viloyati Beshenkovichi tumani) hududida Daugavani kesib oʻtgan asosiy zarba beruvchi guruhida birinchilardan boʻldi. U asosan platsdarmni ushlab turish uchun boʻlgan janglarda alohoda jonbozlik koʻrsatadi. U yarador boʻldi, lekin tez orada qaytib keldi[2].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi armoni bilan „Fashist bosqinchilariga qarshi kurashning frontida qoʻmondonlik missiyalarini namunali bajarganligi va koʻrsatilgan jasorati va qahramonligi“, uchun Mixail Agatelovich Arutyunov, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi[3].

Daugavani kechuvida hamda platsdarmni kengaytirish paytida koʻrsatgan qahramonligi va jasorati uchun unga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi. Biroq, qahramon mukofotni 1944-yil 3-iyulda Litvaning Zarasay viloyati aholi punktlarini ozod qilganida, Arutyunov vafot etganidan soʻng beriladi. Qahramon Salas qishlogʻi yaqinidagi jang maydonida dafn qilindi. Urushdan keyin qoldiqlar Litvaning Zarasay tumanidagi Smalvos qishlogʻidagi harbiy qabristonga oʻtkazildi. Qabr ustiga yodgorlik oʻrnatilgan[4].

  1. 1,0 1,1 warheroes.ru. „Арутюнов Михаил Агателович“.
  2. war-heroes.uz. „ARUTYUNOV MIXAIL AGATELOVICH“.
  3. Armyane-geroi Sovetskogo Soyuza v boyax za Belarus (1941—1944 gg.) / Kliment Arutyunyan, Aleksey Litvin. — Minsk, 2010.
  4. Армяне -- герои Советского Союза (ru) Михаил Давидович Амирханян: . Ереванский гуманитарный институт, 2005 — 201-bet.