Mixail Bochenkov
Mixail Bochenkov | |
---|---|
Tavalludi |
1975-yil |
Vafoti | 2000-yil |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Mixail Vladislavovich Bochenkov (1975-yil tavallud topgan — 2000-yil vafot etgan) — rus askari, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni[1].
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yil 15-dekabrda Qo‘qon shahrida ishchilar oilasida tugʻilgan. 1982—1990-yillarda 76-maktabda o‘qigan. 1990-yilda Leningrad Suvorov harbiy bilim yurtiga oʻqishga kiradi[2] va uni 1992-yilda tugatdi. Keyin Leningrad oliy qoʻshma qurollar qoʻmondonlik bilim yurtiga oʻqishga kirdi va u yerni oltin medal bilan tamomladi. 1999-yil Kavkazda, Buynaksk, Urus-Martan, Kizlyar, Novolakskiy va Xasavyurtdagi jangovar harakatlarda qatnashgan[1].
GRU maxsus kuchlarining 2-brigadasi razvedka komandiri. Kapitan Mixail Bochenkov Checheniston xizmat safarining ikkinchi muddatiga oʻz ixtiyori bilan qoladi. 2000-yil 21-fevralda Xarsenoy qishlogʻi yaqinida uning razvedka guruhi jangarilarning katta otryadini topadi. Dushman askarlarining ustunligiga qaramay Mixail Bochenkov jangga qoʻshilishga qaror qildi. U va uning kichik guruhi vertolyotlar va artilleriya oʻqlari yordamga yetib kelguncha jang qildi. Dushman yoʻq qilindi, ammo kapitan Mixail Bochenkov va uning bir qancha qoʻl ostidagilari oʻzlarining harbiy burchlarini sharaf bilan bajarib, tengsiz jangda halok boʻldilar[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining Faxriy yorligʻi, „Jasorat“ ordeni bilan taqdirlangan. Shimoliy Kavkaz hududida noqonuniy qurolli tuzilmalarni yoʻq qilish paytida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2000-yil 24- iyundagi 1162-sonli farmoni bilan maxsus kuchlar guruhi qoʻmondoni kapitan Mixail Bochenkovga Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni berilgan (vafotidan keyin)[4]. Rossiya Federatsiyasi Qahramoni oltin yulduz medalini kapitan Mixail Bochenkovning ota-onasiga Leningrad harbiy okrugi qoʻmondoni, general-polkovnik V. Bobryshev tomonidan berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Mixail Bochenkov biografiyasi“.
- ↑ „Боченков Михаил Владиславович на Сайте выпускников Ленинградского (Санкт-Петербургского) суворовского военного училища“. 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-mart.
- ↑ [https://bibliopskov.ru/21fevr.htm „21 февраля 2000 года в бою под Харсеноем погибло 33 человека, 25 из них - воины Псковской бригады спецназа“].
- ↑ „Гвардии капитану Боченкову Михаилу Владиславовичу присвоено звание Героя Российской Федерации (посмертно)“.