Mixail Bogdanovich Barklay-de-Tolli
Barklay-de-tolli Mixail Bogdanovich (1761 — 1818) — rus sarkardasi, 1812-yilgi Fransiya-Rossiya urushining qahramoni, general-feldmarshal (1814), knyaz (1815). U shotlandlar av-lodidan boʻlib, Liflyandiya gubernyasida (Boltiq boʻyi) harbiy xizmatchi oilasida tugʻildi. Barklay-de-tolli rus-turk urushida (1787 — 91), rus-shved urushlarida (1788 — 90 va 1808 — 09) qatnashdi; u, ayniqsa, Fransiyaga qarshi olib borilgan urushda (1806 — 07) shuxrat topdi. 1809-yildan Finlandiyaga general-gubernator qilib tayinlandi; 1810 — 12 yillarda harbiy vazir. 1812-yil urushida 1-Gʻarbiy armiyaning qoʻmondoni. Borodino jangiaya Barklay-de-tolli markaz va oʻng qanotta qoʻmondonlik qildi. M. I. Kutuzov vafot etgach (1813-yil may), Napoleon I ga qarshi kurashayotgan rus-prus armiyasiga bosh qoʻmondon qilib yuborildi. Urush tugab, Rossiyaga qaytganida u yana 1-armiyaga qoʻmondonlik qildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |