Kontent qismiga oʻtish

Mixail Fayozov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mixail (Mamasharif) Gʻiyosovich Fayozov (1925-yil 15-iyun, Avliyoota (hozirgi Taraz, Qozogʻiston) — 1990-yil 30-oktyabr, Chust) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi leytenant.

1943-yildan armiya safida. Shu yildan frontda. Kichik leytenantlar kursini tugatgan. 175-gvardiyachi oʻqchi polki (1-Ukraina fronta, 5-gvardiyachi armiyaning, 58-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri. 1945-yil 23-yanvarda Oder daryosini kechib oʻtishda alohida koʻrsatgan jasorati uchun 1945-yil 27-iyunda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Chust tumanida turli xoʻjalik rahbari vazifalarida ishlagan. Chust shahridagi maktab va koʻchaga Fayozov nomi berilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil