Mixail Grulev
Mixail Vladimirovich Grulev | |
---|---|
Tavalludi |
20-avgust 1857-yil Rejitsa |
Vafoti |
17-sentyabr 1943-yil (86 yoshda) Nitssa |
Qoʻshin turlari | piyoda askarlar |
Xizmatdagi yillari | 1878–1912 |
Jang/urush | Rus-yapon urushi |
Mixail Vladimirovich Grulev (1857-yil 20-avgust, Vitebsk viloyati, Rejitsa – 1943-yil 17-sentyabr, Nitssa) – harbiy boshliq, general-leytenant (1912), harbiy yozuvchi va jurnalist, rus-yapon urushi qatnashchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mixail Vladimirovich Grulev 1957-yil 17-sentyabrda Vitebsk viloyatining Rejitsa shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan[1]. U dastlab Sebej tumanidagi maktabda, undan soʻng Varshava piyoda kadet maktabida taʼlim olgan hamda 65-Moskva piyoda polkida ofitser lavozimiga koʻtarilgan (1882). Kadet maktabiga kirishdan oldin u pravoslavlikni qabul qilgan (1879). 1888-yilda Bosh shtab akademiyasini tamomlagan[2]. 1889-yildan boshlab Amur va Turkiston harbiy okruglarida xizmat qilgan va Hindiston, Xitoy, Misr va Yaponiyaga bir necha marta sayohatlar qilgan.
Mixail Vladimirovich Grulev 1870-yil apreldan Toshkentda chiqadigan „Turkiston vedomosti“ gazetasining birinchi muharriri boʻlgan[3]. Mixail Grulev Sungari daryosi boʻyidagi Rossiya savdo ekspeditsiyasini boshqargan. 1895-yilda Yaponiyadagi rus harbiy agenti boʻlgan. Xitoyning Sharqiy temir yoʻli qurilishi boʻyicha tadqiqotlar olib borgan Manchuriya ilmiy ekspeditsiyasi boshqaruvchisi boʻlgan. 1897-yilda Toshkentga qaytib kelgan va xizmat faoliyatini yuritgan[4].
1904–1905-yillardagi rus-yapon urushi paytida 11-Pskov piyoda polkiga qoʻmondonlik qilgan. Liaolyan jangida uning qoʻmondonligi ostidagi polk general A.A.Bilderling rahbarligi ostidagi polk bilan birgalikda yapon kuchlariga qarshilik koʻrsatgan[5]. Mixail Grulev Shahe daryosi yaqinidagi janglarda polk (keyinchalik diviziya) komandiri boʻlgan.
Urush oxirida, 1907–1909-yillarda u Bosh shtab boshqarmasi qoshidagi rus-yapon urushini tasvirlash boʻyicha harbiy-tarixiy komissiya aʼzosi boʻlib, „Tarix“ asarini tuzishda ishtirok etgan. 1910-yilda Brest-Litovsk qal’asining shtab boshligʻi boʻlgan.
Mixail Grulev 1912-yilda general-leytenant unvoni bilan nafaqaga chiqqan. Keyinchalik Nitssaga koʻchib ketgan va 1943-yil 17-sentyabrda vafot etgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sungari daryosi ekspeditsiyasi (1895).
- Sungari dayosining tavsifi (1895).
- Amudaryo: Oʻrta oqim haqida insho (1900).
- Pomir: Tarixiy va geografik eskiz (1904).
- Bosh shtab ofitseri va polk komandirining rus-yapon urushi haqidagi xotiralari (1908-1909).
- Hindistonning chegara qabilalarining soʻnggi 10 yildagi qoʻzgʻolonlari haqida insho (1909).
- Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati (1909).
- Armiya hayotidagi kunning dolzarb masalalari (1911).
- Yahudiy generalining eslatmalari (1930).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Po drugim dannim, 20 marta 1858 goda (S. V. Volkov „Generalitet Rossiyskoy Imperii“, t. 1, str. 408).
- ↑ Vneshnyaya torgovlya. Borba s kontrabandoy
- ↑ „ИЗВЕСТНЫЕ ЛИЧНОСТИ, СВЯЗАННЫЕ С ТАШКЕНТОМ-9“. www.liveinternet.ru. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Генерал М. В. Грулёв“. www.mytashkent.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ Glushkov V. V. „Kogda boy konchilsya, poyavilos takoe obilie nachalstva i vse … varvarski rugayut ostatki muchenikov“. // Voenno-istoricheskiy jurnal. – 2001. – №№ 1, 2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Бердников Л. «…по долгу совести и принятой присяги». М. В. Грулев: генерал-еврей на службе России «Новый Журнал» 2010, № 258
- Грулев М. В. Записки генерала-еврея. М.: Кучково поле; Гиперборея, 2007. Моё исповедное слово (Wayback Machine saytida 2011-09-20 sanasida arxivlangan)
- Нискеров Г. «Комментарий к комментарию».