Kontent qismiga oʻtish

Mixail Rura

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Mixail Rura
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mixail Stepanovich Rura
Tavallud sanasi 1-mart 1959-yil
Tavallud joyi SSSR
Vafot sanasi 24-noyabr 2018-yil(2018-11-24)
(59 yoshda)
Vafot joyi Ukraina
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi, yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Karamelka (Jdanov)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1977—1978 Novator 23 (0)
1979—1980 Zarafshon 61 (9)
1982—1985 Novator 138 (7)
1986—1987 Metallurg (Zaporojye) 84 (3)
1988—1990 Novator 95 (12)
1990 Kremen 23 (1)
1991—1992 Novator / Azovets 20 (1)
1992 Metallurg (Aldan) 8 (3)
1992 Prometey (Shaxtersk) 3 (0)
1993 Metallurg (Aldan) 29 (6)
1994 AFK-UOR (Mariupol) - (-)
1997 Neftyanik (Pohvistnevo) 9 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mixail Stepanovich Rura (ukraincha: Михайло Степанович Рура; 1959-yil 1-martda tugʻilgan) – sovet va ukrainalik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatidan soʻng futbol faoliyatini davom ettirgan va bolalar murabbiyi boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jdanov nomidagi „Karamelka“ jamoasining sport maktabi bitiruvchisi, uning birinchi murabbiyi Valeriy Sidorov boʻlgan[1].

Mixail oʻn sakkiz yoshida murabbiy Aleksandr Malakutskiy[2] taklifiga koʻra mahalliy „Novator“ jamoasining oʻyinchisiga aylangan. Navator jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchi ligasi turnirida oʻynagan. 1979—1980 yillarda Oʻzbekistonning „Zarafshon“ klubi futbolchisi boʻlib, 61 ta oʻyinda 7 ta gol muallifi boʻlgan. Zarafshonda oʻtgan ikki mavsumidan soʻng „Novator“ klubiga qaytgan. 1985-yilgi mavsumda u 10 ta gol urib, ikkinchi ligada jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[3]. 1986-yilda SSSR Birinchi ligasi ishtirokchisi Zaporojyening „Metallurg“ jamoasiga oʻtgan. Metallurg jamoasida ikki yil davomida faoliyat olib borgan va 84 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan. Metallurg jamoasidan soʻng u yana Novator futbolchisiga aylangan. Navator jamoasi 1989-yilgi mavsumni oʻz kichik guruhida oxirgi oʻrinda yakunladi va sovet futbolining ikkinchi divizionini tark etgan.

1990-yilda ikkinchi ligada Kremenchugning „Kremin“ jamoasi tarkibida oʻynagan. „Novator“ bilan birgalikda u Ukraina SSR havaskorlar chempionatining soʻnggi oʻyinida gʻolib boʻlgan. Shundan soʻng jamoa Azovets nomi ostida Ukraina Birinchi ligasida oʻynash huquqini olgan. Keyinchalik Mixail Adananing „Metallurg“, Prometey, Mariupol AFK-UOR va Poxvistnevoning „Neftyanik“ klublarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylikka oʻtdi, shogirdlari orasida Oleg Shutov ham bor[4]. Keyin u Mariupol 4-sonli sport maktab-internatining direktori boʻlgan[5].

Mavsum Klub Liga Chempionat Kubok
Oʻyin Gol Oʻyin Gol
1977 Navator Ikkinchi liga 9 0
1978 14 0
1979 Zarafshon 26 2
1980 35 7
1982 Navator 18 1
1983 48 4
1984 34 2
1985 38 10
1986 Metallurg (Zaporojye) Birinchi Liga 46 1 4 0
1987 38 2 1 0
1988 Navator Ikkinchi liga 49 6
1989 46 6
1990 Kremen 23 1
1992 Azovets Birinchi liga 20 1 1 0
1992 Metallurg (Aldan) Birinchi liga 8 3 1 0
1992/93 Prometey (Shaxtersk) Oʻtish ligasi 3 0
1993 Metallurg (Aldan) Birinchi liga 29 6
1997 Neftyanik (Pohvistnevo) Uchinchi liga 9 7 1 0
  1. „Ушёл из жизни известный мариупольский тренер, создатель знаменитой «Карамельки»“ (ru). Приазовский Рабочий (2012-yil 21-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
  2. „Третье пришествие в команду? Это не рекорд!“ (ru). Официальный сайт ФК «Мариуполь» (2013-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
  3. „Состав команды «Новатор» Жданов в сезоне 1985“ (ru). footballfacts.ru. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
  4. „Кубок Украины. 1/16 Финала. Превью.“ (ru). Официальный сайт ФК «Мариуполь» (2012-yil 22-sentyabr). 2018-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
  5. „Маріуполь футбольний“ (uk). Sport.ua (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.