Kontent qismiga oʻtish

Miya xoʻppozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miya xoʻppozi

Serebral shunt. Odamda miya xo'ppozi. Xo'ppoz tasvirning pastki chap qismidagi quyuq kulrang qismda ko'rsatilgan. Yon qorinchalar miyaning markazida, xo'ppozga ulashgan qora rangda ko'ringan[1].
Markaziy asab tizimi kasalligi

Miya xoʻppozi – Yalligʻlanish, mahalliy infeksiyalar, yuqumli kasalliklar natijasida rivojlanadigan bosh miya kasalligi. Mahalliy infeksion omillarga quloq, tishlardagi infeksiyalar, chakka suyagining boʻshliqlariga havo kirishi oqibatidagi infeksiyalar kiradi. Yuqumli kasalliklardan oʻpka, yurak, buyrak kasalliklari natijasida, hamda bosh miya jarohatlari, jarrohlik muolajalaridan keyin ham xoʻppoz rivojlanishi mumkin. Bu omillar tufayli har qanday yoshda kasallik kelib chiqishi mumkin, lekin koʻproq yosh bolalarda tugʻma yurak kasalliklari bilan bogʻliq holda uchraydi.

Belgi va simptomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isitma, bosh ogʻrigʻi, asab bilan bogʻliq muommolar koʻpchilik kasalliklarda uchrasada, miya xoʻppozida 20% bemorlardagina aniq belgi beradi[2]. Bu belgilar kasallikka uchragan bemorlarda koʻngil aynishi, qusish, tartibsiz harakatlar, koma holatlari bilan birga keladi. Miya toʻqimalarining oʻchoqli nevrologik shikastlanishi natijasida intrakranial bosimning (miya ichi bosimi) oshishi ham ushbu belgilar triadasida rol beradi[3]. Eng avval roʻl beradigan alomatlar bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, tutilish va nutqdagi qiyinchiliklar, surunkali koʻtarilib boruvchi isitma. Yotgan holda intrakranial bosim oshganligi sababli isitma koʻpincha tunda koʻtariladi. Buning oqibatida miyacha va qusish markazi qoʻzgʻaladi[4]. Boshqa alomatlar miyadagi xoʻppozning joylashgan joyiga bogʻliq boʻlib, u miya sopida boʻlsa, miya sopi siqilishi, boʻyindagi ogʻriqlar, gidrotsefaliya kabi shifoyatlarni keltirib chiqaradi.

Diagnostikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Metastazni davolashdan keyingi miya xoʻppozi.

Diagnostik amaliyotda kompyuter tomografiyasida tashhis qoʻyiladi. Yalligʻlanishning dastlabki bosqichida (serebrit) tekshiruv uchun kontrast modda yuborilganda kasallik darhol aniqlanmasligi mumkin. 2-5 kun ichida yalligʻlanish jarayoni avj olib, oʻlik miya toʻqimalari koʻpayadi va kontrast modda kiritilganda halqa shaklida kasallangan hujayralar koʻrinadi. Shu va boshqa belgilar, intrakranial bosim oshishi, miya shishlari, miyada qon quyilishi kabilar miya xoʻppozidan dalolat beradi. Ular bilan birga isitma, nevrologik belgilar (afaziya) kuzatilsa asosiy tashhis miya xoʻppozi boʻladi.

Davolash asosini koʻtarilgan intrakaranial bosimni pasaytirish, qoʻzgʻatuvchi infeksiyani bartaraf qilish uchun vena orqali antibiotiklar yuborish tashkil qiladi. Qon bosimini tushirishda giperbarik kislorod terapiyasi qoʻllanadi[5]. Shu bilan koʻp miqdorda kislorod bakteriatsid taʼsir koʻrsatib, miya xoʻppozini keltirib chiqargan aerob va anaerob bakteriyalarni yoq qiladi. Kislorod terapiya immunitet funksiyasini yaxshilashga ham hizmat qiladi[6].

Kasallikdan oʻlim holatlari 10% hollarda kuzatiladi, 70% da yaxshi natijaga erishilgan. Hozirda 1960-yillarga nisbatan tibbiyot va neyroxirurgiya, antibiotiklar bilan davolash samaradorligi oshganligi sababli ushbu kasallik vaqtida bartaraf etilmoqda[2].

  1. "Brain abscess formation as a CSF shunt complication: a case report". Cases Journal 2 (1): 110. January 2009. doi:10.1186/1757-1626-2-110. PMID 19183497. PMC 2639569. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2639569. 
  2. 2,0 2,1 "Clinical characteristics and outcome of brain abscess: systematic review and meta-analysis". Neurology 82 (9): 806–813. March 2014. doi:10.1212/WNL.0000000000000172. PMID 24477107. 
  3. „Brain Abscess“, StatPearls. StatPearls Publishing, 2022. 
  4. "Bacterial brain abscess". The Neurohospitalist 4 (4): 196–204. October 2014. doi:10.1177/1941874414540684. PMID 25360205. PMC 4212419. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4212419. 
  5. „Home“. Undersea & Hyperbaric Medical Society.
  6. "Stem cell mobilization by hyperbaric oxygen". American Journal of Physiology. Heart and Circulatory Physiology 290 (4): H1378–H1386. April 2006. doi:10.1152/ajpheart.00888.2005. PMID 16299259.