Moʻgʻullarning maxfiy tarixi
"Moʻgʻullarning maxfiy tarixi" (adabiyotda koʻpincha Yuan-chao bi-shi yoki Yuan-chao mi-shi xit. 元朝秘史, pinyin Yuáncháo bìshǐ — oʻrta moʻgʻul tilida Mongɣol‑un niɣuca tobciyan, moʻgʻul tilida Mongolin nuuts tovchoo „Monggul nighucha tobchiyan“ning xitoycha tarjimasi)[1] — eng qadimgi moʻgʻul adabiy va tarixshunoslik yodgorligi, dastlabki moʻgʻullar tarixi, davlati hamda uning asoschisi Chingizxon, shuningdek XII-XIII asrlardagi Oʻrta Osiyo tarixi haqida qimmatli manba hisoblanadi.
„Maxfiy tarix“ 1240-yili ismi nomaʼlum boʻlgan bir moʻgʻul muallifi tomonidan xitoy ieroglifi transkripsiyasi asosida moʻgʻul tilida bitilgan. Uning tezisli tarjimasi xitoy tilida nashr etilgan. Shuningdek, xitoylik diplomatlarni moʻgʻul tiliga oʻrgatish maqsadida transkripsiyasi ham eʼlon qilingan. Xitoycha nomining soʻzma-soʻz tarjimasi „Yuan sulolasining maxfiy (oilaviy) tarixi“dir.
Asl nusxa boʻlgan yagona moʻgʻul-xitoy tillaridagi qoʻlyozmasini 1872-yili Pekindagi saroy kutubxonasidan Xitoydagi rus missioneri arximandrit Palladi (Kafarov) sotib olgan. Sovet davrida bu qoʻlyozma A. M. Gorkiy nomidagi Leningrad davlat universitetida saqlangan. Qoʻlyozma uchta parallel matnni oʻz ichiga oladi: xitoycha belgilar bilan ifodalangan moʻgʻulcha; moʻgʻulcha soʻzlarning xitoy tiliga taglama tarjimasi; moʻgʻulcha matnning xitoycha toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasi.
Qisqacha mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Maxfiy tarix“ asosan Chingizxonning dasht imperiyasining suveren hukmdori boʻlgan vaqtgacha boʻlgan hayoti haqida hikoya qilib beradi; Moʻgʻulistondan tashqarida erishilgan moʻgʻullarning gʻalabalari haqida qisqacha maʼlumot beradi. U xalq sheʼriyatiga oid sheʼriy qismlarni, shuningdek, turli janrlarda ifodalangan nasriy qismlarni oʻz ichiga olgan afsonalar va doston elementlaridan tashkil topgan.
Bu moʻgʻulshunoslik uchun alohida ahamiyatga ega asardir. Asar ayni paytda XII asrdan bizgacha yetib kelgan moʻgʻul tilidagi yagona adabiy yodgorlikdir[2][3][4].
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asar bugungi kunga kelib, buryat, tuva, qozoq, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, polyak, chex, bolgar hamda fors tillariga, shuningdek, zamonaviy moʻgʻul tiliga tarjima qilingan. Asosiy tillariga tarjima Bir qator xitoycha tarjimalari XX asrga kelib XXRda nashr etilgan.
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Butun jahon moʻgʻul va sinologiya adabiyotida barcha tillarda nom oʻrta moʻgʻul tilidan aniq tarjimada berilgan. Biroq, rus tilidagi adabiyotda S. A. Kozin tomonidan ushbu yodgorlik tarjimasi uchun ishlatilgan „Moʻgʻullarning maxfiy afsonasi“ („Sokrovennoe skazanie mongolov“) nomi mustahkam oʻrnashgan.
- ↑ Pankratov B. I. Predislovie // Yuan-chao bi-shi (Sekretnaya istoriya mongolov) 15 szyuaney. — M.: Institut narodov Azii, 1962. — T. 1. — S. 7.
- ↑ Dulam S. Glavnaya kniga mongolov // Chnnrisiana : svod svidetelstv sovremennikov. — M.: Eksmo, 2009. — S. 32.
- ↑ Munkuev N.Ts. Kitayskiy istochnik o pervix mongolskix xanax. — M.: Nauka. Glavnaya redaksiya vostochnoy literaturi, 1965. — 149 s.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Arximandrit Palladiy. Starinnoe mongolskoe skazanie o Chingisxane // Trudi chlenov Rossiyskoy duxovnoy missii v Pekine. — SPb., 1866. — T. IV. — S. 3—260.
- Sokrovennoe skazanie. Mongolskaya xronika 1240 goda pod nazvaniem Mongrol-un Niruča tobčiyan. Yuan Chao Bi Shi. Mongolskiy obidenniy izbornik. / Per. S. A. Kozina. — M. L.: Izdatelstvo Akademii nauk SSSR, 1941. — T. 1.
- Pankratov B. I. Obrazsi perevodov iz „Yuan-chao bi-shi“ // Mongolica: K 750-letiyu „Sokrovennogo skazaniya“. — M.: Nauka. Izdatelskaya firma „Vostochnaya literatura“, 1993. — S. 103-125. — 343 s.
- Perevodi iz „Yuan-chao bi-shi“. Rodoslovnaya Chingis-xana // Strani i narodi Vostoka. / Pod obщey redaksiey M. N. Bogolyubova. — SPb.: Tsentr „Peterburgskoe Vostokovedenie“, 1998. — Vip. XXIX. Boris Ivanovich Pankratov. Mongolistika. Sinologiya. Buddologiya. — S. 44-65. — ISSN 0131-8934.
- Haenisch E. Manghol un Niuca Tobcaʼan (Yüan-ch’ao pi-shi). Die Geheime Geschichte der Mongolen aus der chinesischen Transkription (Ausgabe Ye Teh-hui) im mongolischen Wortlaut wiederhergestellt (nem.). — Lpz., 1935.
- Haenisch E. Wörterbuch zu Manghol un niuca tobcaʼan (Yüan-ch’ao pi-shi). Die Geheime Geschichte der Mongolen (nem.). — Lpz., 1939.
- Haenisch E. Die Geheime Geschichte der Mongolen. Auseiner mongolischen Niederschrift des Jahres 1240 von der Insel Kodeʼe im Keluren-Flu8. Erstmalig überzetzt und erlautert (nem.). — Lpz., 1941.
- Rachewiltz, Igor de. The Secret History of the Mongols: A Mongolian Epic Chronicle of the Thirteenth Century (angl.) / Shorter version edited by John C. Street. — University of Wisconsin―Madison. Books and Monographs, 2015.