Moʻmin Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moʻmin Karimov
Tavalludi 1920-yil 13-fevral
Sirdaryo viloyati
Vafoti 1978-yil 5-may
Toshkent viloyati
Fuqaroligi SSSR
Qoʻshin turlari zirhli kuchlar
Xizmatdagi yillari 1940–1945
Harbiy  qism

53-gvardiya tank brigadasi

6-gvardiya tank korpusi
Jang/urush Ulugʻ Vatan urushi
Mukofotlari Shuhrat ordeni Shuhrat ordeni Shuhrat ordeni

Moʻmin Karimov (13-fevral 1920-yil, Sirdaryo viloyati – 5-may 1978-yil, Toshkent viloyati) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi hamda Shon-sharaf ordeni sohibi[1].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻmin Karimov 1920-yil 13-fevralda Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiruvchi Sirdaryo viloyatidagi Niyozbosh qishlogʻida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. Qishlogʻidagi maktabni tugatgach, kolxozda hisobchi boʻlib ishlay boshlagan.

1940-yilda Ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. U Moskvani mudofaa qilishda qatnashgan va u yerda ogʻir yaralangan. 1943-yilning kuz oyida Fastov yaqinida ikkinchi marta ogʻir jarohat olgan. Prjemysl uchun janglarda (1944-yil 17-iyul – 1944-yil 25-iyul) u dushman pozitsiyasini yorib oʻtgan. Dushman askarlarini yoʻq qilgan hamda ikki askarni asirga olgan. 1944-yil 21-iyulda daryoni kesib oʻtib, dushman joylashgan joyga bostirib kirgan, bitta „askar“ ni qoʻlga olgan va 14 ta nemis askarini yoʻq qilgan. Oʻsha yilning 29-avgustida uchinchi darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan. 1945-yil 15-16-yanvarda 68 nafar nemis harbiylarini yoʻq qilgan (30 askar va 1 ofitserni Pilika daryosini kesib oʻtish paytida va 37 askarni Radomsko shahridagi koʻcha janglarida). 1945-yil 10-martda ikkinchi darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan. 1941-yil 17-apreldan 21-aprelgacha boʻlgan davrda 87 nafar nemis askarini yoʻq qilgan, janglarda yaralangan (urush paytida uchinchi marta), lekin xizmatda davom etgan. 1945-yil 27-iyunda birinchi darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.

Moʻmin Karimov 1945-yilda demobilizatsiya qilingan. Undan keyin kolxozda, keyin esa maktabda ishlagan.

Moʻmin Karimov 1978-yil 5-may sanasida Toshkent viloyatida vafot etgan[2][3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • I darajali „Shon-sharaf“ ordeni (№ 260; 1945-yil 27-iyun);
  • II darajali „Shon-sharaf“ ordeni (№ 10215; 1945-yil 10-mart);
  • III darajali „Shon-sharaf“ ordeni (№ 155381; 1944-yil 29-avgust);
  • Boshqa medallar;

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „КАРИМОВ МУМИН“. www.war-heroes.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  2. „Герои страны“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-fevral.
  3. „Сайт МО РФ“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-fevral.