Kontent qismiga oʻtish

Moʻmin Muxitdinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Moʻmin Muxitdinovich Muxitdinov(1914-yil 14-faevral Fargʻona viloyati Margʻilon shaharda tavallud topgan) — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Moʻmin Muxitdinov 1914-yilda Fargʻona viloyati Marg‘ilon shaharda tavallud topgan.1941-yildan KPSS a'zosi.

1932-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyatini boshlagan. 1932—1986-yillarda — Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida artel ishchisi boʻlib ishlagan.O‘zbekiston Kompartiyasi Bog‘dot tuman qo‘mitasi birinchi kotibi. Moʻmin Muxitdinov Fargʻona viloyatida o‘qituvchi va maktab direktori lavozimlarida ishlagan.Moʻmin Muxitdinov komsomol xodimi boʻlgan. Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, bir qator tuman partiya komitetlarining birinchi kotibi,Oʻzbekiston Kompartiyasi Oxunboboyev tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Oʻzbekiston okrug qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Margʻilon shahar qoʻmitasi birinchi kotibi, Fargʻona viloyatida partiya xodimi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.Moʻmin Muxitdinovich Muxitdinov Lenin ordeni, II-darajali Vatan urushi ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni va Xalqlar do'stligi ordenlari bilan taqdirlangan.

Muxitdinov davrida Margʻilon 100 mingdan ortiq aholiga ega shaharga aylangan[1][2].

O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 4, 5, 6 va 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Moʻmin Muxitdinovich Muxitdinov 1989-yilda Farg‘ona viloyati Margʻilon shahrida vafot etgan.

  1. „1970 год“. 2011-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  2. „1979 год“. 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.