Moʻmin ibn Abdulloh Bunjikasiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moʻmin ibn Abdulloh Bunjikasiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Moʻmin ibn Abdulloh Bunjikasiy(arabcha:مؤمن بن عبد الله بنجيكاسي — Moʻmin ibn Abdulloh Bunjikasiy — Toʻliq ismi: Abu Muslim Moʻmin ibn Abdulloh ibn Yunus Bunjikasiy) — roviy.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunjikasiy - "Bunjiykas" (baʼzi manbalarda Bunjikat)dan yasalgan nisba boʻlib, Samarqanddagi qishloqlardan birining nomi.[1] Moʻmin ibn Abdulloh Bunjikasiy Bunjikat shahrida tavallud topgan Muhammad ibn Nasr Batuxiydan hadis rivoyat qilgan. Moʻmin ibn Abdulloh Bunjikasiy haqida Muhammad ibn Hamadon Marvaziy yozib qoldirgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 124.
  2. Atayev M. Jizzax allomalari. — B. 60.