Moʻminjon Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moʻminjon Azimov
O‘zbekiston Kompartiyasining Farg‘ona viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi-
Mansab davri
1938-yil fevral – 1938-yil iyun
Keyingisi Yemsov Sergey Konstantinovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1904-yil
Eski Marg‘ilon
Vafoti 1948-yil
Toshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Moʻminjon Azimov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azimov Moʻminjon 1904-yil Eski Margʻilon shahrida dunyoga kelgan. 1925-yildan KPSS aʼzosi hisoblangan.

1929-yildan boshlab Azimov mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1929—1948-yillarda Moʻminjon Azimov Toshkentdagi kinofabrikada montajchi, mexanika ustaxonalarida bolgʻachi, Tojikiston SSRning Qoʻrgʻontepa viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisi, Samarqand shahridagi jamgʻarma kassasi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, Moʻminjon Oʻzbekiston Kompartiyasining Markaziy nazorat komissiyasi Toshkent shahar kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasining Kogon okrug qoʻmitasi 1-kotibi boʻlgan. Hamda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining oliy nazorat organi tomonidan unga tegishli vakolat berilgan. Qolaversa, Azimov Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan shahar qoʻmitasining 1-kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasining Fargʻona viloyati boʻyicha tashkiliy byurosi 1-kotibi, Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR oziq-ovqat sanoati xalq komissari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent tuman okrug qoʻmitasining 1-kotibi, Oʻzbekiston SSRda Oʻrmon xoʻjaligi vaziri vazifalarida ham xizmat qilgan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 1- va 2-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

1948-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Filippov S. G. 1934—1939-yillarda KPSS (b) ning hududiy rahbarlari: maʼlumotnoma. — M.: „ROSSPEN“, 2016. — p. 82-83.