Moʻminjon Muhammadjonov
Moʻminjon Muhammadjonov (taxallusi Toshqin; 1883 — Toshkent 1964) — yozuvchi, maʼrifatparvar, jadidchilik harakatining namoyandasi. Sharofboy, Beklar begi (Toshkent), Oliya (Ufa) kabi madrasalarda tahsil olgan. Ayni paytda eski maktablarda dare bergan. Toshkent, Namangan, Qoʻqon, Andijon, Ush, Jalolo-bod, Xoʻjand, Shahrisabz va boshqa shaharlarda yangi usuldagi maktablar ochgan. "Sadoyi Turkiston", keyinchalik "Ishtirokiyun" gazetalari va "Maorif", "Mushtum" jur.larida ishlagan. Andijonda Choʻlpon va Toshkentda Hamza bilan hamkorlik qilgan. XXSR maorif nozirligida xizmat qilgan (1920—21). Keyinchalik Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ishlagan (1944—50). M. "Qonli tun" (1926; Ziyo Sayd bilan hamkorlikda) pyesasi, "Turmush urinishlari" (1926) xotiralar kitobi va turli hajviy sheʼrlar muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turmush urinishlari [4nashr], T., 1969.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |