Moʻyidin Hasanov
Qiyofa
Moʻyidin Yunusovich Hasanov | |
---|---|
Tavalludi |
9-oktabr 1917-yil Fargʻona viloyati, Quva tumani |
Vafoti |
4-oktabr 1947-yil Fargʻona viloyati, Quva tumani |
Xizmatdagi yillari | 1941 — 1945 |
Unvoni |
Serjant |
Harbiy qism | 195-Novorossiysk togʻ-minomyot polki |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari |
Moʻyidin Yunusovich Hasanov (1917.9.10 — Fargʻona viloyati, Quva tumani — 1947.4.10) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1939-yildan armiyada. 1941-yil iyuldan frontda. 195-Novorossiysk togʻ-minomyot polki 4-ba-tareyasi (Shim. Kavkazfronti, 18-armiyaning, 318-togʻ-oʻqchi diviziyasi) minom-yotchisi. 1943-yil 1-noyabrda Kerch shahri yonidagi Eltigen shaharchasi (hozirgi Geroyevskoye)ni ozod qilishda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1943-yil 17-noyabr). Fargʻona va Quva shaharlari koʻchalariga va Quva tumanidagi maktabga nomi berilgan hamda Toshho-vuz qishlogʻidagi maktab oldida byusti oʻrnatilgan.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Hasanov Moʻyidin Yunusovich" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Primachenko, V.V. "Хасанов Муйдин Юнусович" warheroes.ru (rus.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |