Mo‘minov Mulla Jo‘ra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mo‘minov Mulla Jo‘ra1883-yili Asaka rayoni Boyston qishlog‘ida tug‘ilgan, din xizmatchisi, imom. 1932-yili quloq qilingan, kolxozga qarshi faoliyati uchun 1933-yili 2 yil qamoq jazosiga tortilgan. Aksilinqilobiy ruhoniylar guruhi ishtirokchisi sifatida bir necha yig‘inlar o‘tkazib, ularda sovetlarga qarshi targ‘ibot vositasi bilan hozir bo‘lganlarga aksilinqilobiy yo‘nalishda ta’sir o‘tkazganlikda, o‘zining aksilinqilobiy chiqishlarida sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borishga chaqirganlikda, doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik, antikolxoz targ‘ibot olib borganlikda, dinga ishonuvchilarni dinga qarshi turgan faollarni o‘ldirishga chaqirganliqda ayblangan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustam Shamsidinov. Qatag‘on qurbonlari. Sharq nashriyoti, 2007-yil — 409 bet. ISBN ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.