Mo‘minov Tojiboy
Qiyofa
Mo‘minov Tojiboy — 1890-yili Izboskan rayoni Lug‘umbek qishlog‘ida tug‘ilgan, quloq, 1932-yili soliq to‘lamaganligi uchun 3 yil qamoq jazosiga tortilgan. Hibsga olinish paytida Stalin nomli kolxoz a’zosi bo‘lgan. Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, ig‘vogarlik targ‘ibot olib borgan, Xalq Komissarlar Sovetining sobiq raisi F. Xo‘jayevni ishdan olinishiga hamdardlik bildirgan. Kolxozni tarqab ketishini maqsad qilib kolxozchilarga to‘lanadigan pulni boshqa sohalarda foydalangan, oqibatda kolxozchilarning noroziligi yuzaga kelib, ularning ayrimlari kolxozdan chiqib ketishiga sabab bo‘lganlikda ayblangan.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rustam Shamsidinov. Qatag‘on qurbonlari. Sharq nashriyoti, 2007-yil — 409-bet. ISBN ISBN 978-9943-00-240-1.
- ↑ Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |