Mo‘ydinjon Mo‘minov
Mo‘ydinjon Mo‘minov | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyun 1951-yil Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Andijon davlat universiteti |
Taʼlimi | Andijon davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi |
kimyo fanlari doktori fizika-matematika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Moʻydinjon Moʻminovich Moʻminov (1951-yil 14-iyun, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, kimyo fanlari doktori, professor, Turon fanlari akademiyasi akademigi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moʻydinjon Moʻminov 1951-yil 14-iyun Andijon viloyatida tavallud topgan. 1967-yilda Andijon davlat pedagogika institutiga qabul qilingan. 1971-yilda fizika-matematika fakultetini tugatib, matematika oʻqituvchisi mutaxassisligini olgan. 1972-yilning noyabr oyidan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti stajyor-tadqiqotchisi sifatida ishini davom ettirdi va 1976-yilga kelib Rossiya Fanlar akademiyasi Bosh astronomik observatoriyasi (Pulkovo-Sankt-Peterburg) aspiranturasiga qabul qilindi[1]. 1980—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy xodimi, 1986-yildan Andijon davlat universitetida dostent, „Informatika“ kafedrasi mudiri sifatida ishni davom ettirdi. 1997-yilga kelib Toshket davlat universitetiga doktoranturaga qabul qilingan. 2002-yildan boshlab Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Andijon-Namangan“ ilmiy markazi direktori sifatida faoliyat boshlaydi. 2013—2020-yillarda Andijon shahari „Innovatsion texnologiyalarni joriy etish markazi“ direktori boʻlib ishlagan. Hozirda Andijon davlat universiteti professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yilda „Perseydagi qoʻshaloq tarqoq yulduz toʻdalarining astrometrik va astrofizik xususiyatlarini tadqiq qilish“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. Uning tadqiqot natijasida 5055 ta yulduzning astrometrik va astrofizik xarakteristikalarini jamlagan yulduzlar jadavli xalqaro astronomik jamiyat tamonidan Strasburg (Fransiya) yulduzlar fondiga qabul qilindi[1]. 2008-yili uning tashabbusi bilan Bogʻishamol balandligida vodiyda yagona astronomik observatoriya tashkil etildi. Amarant oʻsimligining oʻnlab xorijiy navlarini Oʻzbekiston sharoitida introduktsiya qilib va yangi 4 ta navnini yaratib, ularga mahalliy „Oʻzbekiston“, „Andijon“, „Marxamat“, „Ulugʻnor“ nomlarini bergan. Uning rahbarligida Amarantdan „Biomoʻjiza“, „Biochoy“, „Biodarmon“, "Steviamar „kabi qator biologik faol moddalar yaratish jarayoni yoʻlga qoʻyilgan. 160 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].