Mochin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mochin (Ulugʻ Chin, Buyuk Chin) -qadimda Xitoyning shim. va shim.gʻarbida yashagan xalqlar nomidan kelib chiqqan joy nomi. M.ning oʻrni ijtimoiysiyosiy vaziyat yoxud xalqlarning koʻchishi natijasida oʻzgarib turgan. Mahmud Koshgʻariy "Devonu lugʻotit turk"da 20 ona turk qabilasidan biri, Yuqori Chinda istiqomat qilgan tabgʻachlarni keyingi davrda "Mochin" deb atalganligini aytib oʻtib, jumladan, "Chin va Mochin xalqlarining alo-hida tillari boʻlsa ham, shaharliklar turkiychani yaxshi biladi. Bizga yozgan xatlarini turkiy yozuv bilan yozadi", deb xabar bergan. Mahmud Koshgʻariy chizgan haritada M.ning 3 tomoni dengiz bilan oʻralgan boʻlib, uning Yaponiya (Jabrqa) bilan dengiz orqali ajralib turganligi koʻrsatilgan. Bundan M. deb Manjuriya hududi nazarda tutilganligi ayon boʻladi. Shuningdek, asarda "Rum oʻlkasidan M.gacha boʻlgan turk ellari yashagan qududning uz. 5 ming farsang, eni 3 ming farsang" boʻlganligi aytilgan. 19-asrda NM.Prjevalskiy bergan maʼlumotga koʻra, M.liklar Sharqiy Turkistonning qad. tub joy qabilasi boʻlib, ushbu mamlakatning jan.-sharqiy qismida, Xoʻtandan Keriyya orqali Charchanga boradigan qad. karvon yoʻlidagi Qorongʻutogʻ etaklarida yashaganlar. 19-asrda togʻlik M.liklar 2000 ga yaqin oilani tashkil etib, ular mongoloid va yevropeoid irqiga mansub boʻlganlar.
A).:Mahmud Kosh gʻari y, Devonu lugʻotit turk, 1-j., T., 1960.
Abduxoliq Aytboyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |