Modellash
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Modellash — fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obyektlar (jonli va jonsiz tizimlar, muhandislik konstruksiyalari, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy jarayonlar hamda loyihalanadigan obyektlar)ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va boshqa xillarga boʻlinadi. Fizik M.da tadqiqot tekshirilayotgan jarayonning fizik tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (oʻlchami, tezligi) jihatidan farq qiladigan modelda olib boriladi. Fizik modellash gidrotexnika in-shootlari, samolyot, kema va boshqalarni tekshirishda qoʻllanadi. Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Elektr modellash ham kengtarqalgan. Bunda aktiv, induktiv va sigʻim qarshiliklardan foydlaniladi. Tirik organ izmlardagi boshqarish jarayonlarini oʻrganish uchun kibernetik modellar yaratilgan.
Modellashning yana bir turi analog modellashdir. U fizik tabiati har xil boʻlgan, lekin bir xil matematik (algebrik, differensial va boshqalar) tenglamalar bilan ifodalanadigan hodisalarning analogiyasi (oʻxshashligi)ga asoslanadi.
Modellash har doim boshqa ilmiy va maxsus usullar bilan birga qoʻllanadi. Avvalo, modellash eksperiment bilan chambarchas bogʻliq. Biror hodisani uning modelida oʻrganishni eksperimentning alohida xili deb karash mumkin.
Kime reaktorl arin i modellash berilgan shartlarga muvofiq, istalgan oʻlchamdagi apparatlarda oʻtadigan kimyoviy texnologiya jarayonlarining natijalarini oldindan bilish uchun qoʻllanadi.
Baʼzi murakkab hodisalar (mas, turbulentlik, havo yoki suyuqlik oqimining uzilish sohasidagi pulslanishlar va boshqalar) uchun stoxastik modellashdan foydalaniladi. U hodisalarning ehtimolligini aniqlashga asoslanadi. Bunday modellar ayni hodisadagi ayrim jarayonlarning oʻtishini toʻla aks ettirmaydi, balki qandaydir oʻrtacha, summar natijani beradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chavchanidze V. V..Gelman O. Ya., Modelirovaniye v nauke i texnike, M., 1966; Usmonxoʻjayev H. H., Mexanizm va mashinalar nazariyasi, T., 1970.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |