Molbert
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Molbert (nem. Malbrett soʻzidan) — rassomlik sanʼatida qoʻllaniladigan dastgoh. Rassom asar ishlash jarayonida kartina, rayem va hokazoni oʻrnatadigan moslama, taglik; odatda, yogʻochdan tayyorlanadi. Uch oyokdi va vertikal tik ustunlari gorizontal asosga mustahkamlangan turlari bor. Koʻproq M.ning oddiy, yengil va ixcham shakllaridan foydalaniladi; rassomlik ustaxonalarida, shuningdek, yirik asarlarni ishlash uchun turli balandlik, zarur burchaklarga qiya qilib ishlash imkonini beradigan, bir vaqtning oʻzida ikkita polotno oʻrnatish mumkin boʻlgan ogʻir, koʻchmas, metall, zamonaviy (plastik) xom ashyolardan tayyorlangan M.lardan foydalaniladi. Ogʻir boʻlishiga qaramay ish jarayonida baʼzi moslamalar (mas, gʻildirak) tufayli uni siljitish yengil va kulay. M. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi ustaxonalarida, qisman, "Fayz Xolding" kompaniyasida ishlab chikariladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |