Moldova Respublikasi mustaqillik kuni
Moldova Respublikasi Mustaqillik kuni (rumincha: Ziua Independenței Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan Moldova milliy bayramidir. Rasman bayram va dam olish kuni hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 27-avgustda Moldaviya SSRda Buyuk xalq majlisi chaqirildi va majlis, yaʼni parlament Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilishni maʼqullab ovoz berdi[1].
Shu kuni Moldova Prezidenti xalqni tabriklaydi. Mamlakat poytaxti — Kishinyov va respublikaning boshqa shaharlarida turli bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Qishloq hududlarda savdo yarmarkalari va chegirmali savdolar tashkil etiladi. Kontsertlar uyushtiriladi. Koʻplab shaharlardagi maydonlarga attraksionlar oʻrnatiladi, shaharlar markazlaridagi maydonlarga umumiy oʻyin-kulgi uchun oʻyin avtomatlari oʻrnatiladi. Kishinyovdagi bayram tadbirlari Buyuk Milliy Majlis maydonida oʻtkaziladi.
Madaniyat uylarida xalq udumlari, urf-odatlari namoyish etiladi.
Mustaqillik kuni bayram mushakbozligi bilan yakunlanadi[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Moldova Mustaqillik kuni
- 27-avgust — Moldova Mustaqillik kuni
- Moldova Mustaqillik kunini nishonlaydi (Wayback Machine saytida 2016-04-02 sanasida arxivlangan)(Inglizcha) )