Kontent qismiga oʻtish

Molekular fizika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Molekular fizika atomlar orasidagi bogʻlar va molekulalarning fizik xossalarini oʻrganuvchi fan boʻlimidir. Molekular fizikaga oid tajribalar asosan spektroskopiya yordamida kuzatiladi. Ushbu soha atom fizikasi, kimyo, fizik kimyo va kimyoviy fizikaga yaqindan aloqadordir.

Molekulyar fizika — fizikaning modda tuzilishini va uning xossalarini shu moddaning zarra (molekula, atom, ion) lardan tashkil topganligi, bu zarralarning hamma vaqt betartib harakat holida boʻlishi va ular orasida oʻzaro taʼsir kuchlari mavjudligi asosida oʻrganadigan sohasi. Har qanday modda bir turdagi juda koʻp sonli zarralardan tashkil topganligi uchun Molekular fizika masalalarini hal etishda statistik va termodinamik usullardan foydalaniladi. Molekular fizika ning dastlab shakllangan boʻlimi gazlar kinetik nazariyasidir- Bu boʻlimni rivojlantirishga J. K. Maksvell, L. Bolsman, J. U. Gibbs katta qissa qoʻshdilar. Statistik usulni fizika faniga birinchi boʻlib A. Bolsman 1868—1877 yillarda kiritgan. 1877-1902-yillarda J. U. Gibbs uni rivojlantirib, klassik statistik fizika sohasini yaratilishiga zamin boʻldi.

Muayyan suyuklik ayrim qattiq jismlarni hoʻllashi, boshqasini esa hoʻllamasligi mumkin. Buning natijasida ingichka naychalarda suyuklik sathi balandligining oʻzgarish hodisasi, yaʼni kapillyarlik vujudga keladi. Molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchlari asosida kapillyarlik hodisalari nazariyasini yaratishda fransuz olimlariA. Klero(1743), P.Laplas (1806), T. Yung (1805), K. F. Gauss (1830-31), J. U. Gibbs va boshqa salmokli qissa qoʻshgan.

XX asr boshlarida Molekular fizika taraqqiyoti oʻzining yangi bosqichiga koʻtarildi. Fransuz fizigi J. Perren, A. Eynshteyn (1904), polshalik fizik M. Smoluxovskiy (1906), fransuz fiziklari P. Panjeven (1908), de-Broyl (1909) va boshqalarning broun harakati, A. Eynshteyn tomonidan yaratilgan broun harakati nazariyasi hamda Avogadro sonini aniqlash boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari qator muqim xulosalar chiqarish bilan bir qatorda molekulalarning haqiqatda mavjud ekanligini isbotladi. Keyinchalik rentgen, elektron va neytron nurlari yordamida suyuq va qattiq jismlarning tuzilishi oʻrganildi. Modda tuzilishi, uning bir fazadan ikkinchi fazaga oʻtishidagi oʻzgarishi hamda modda tuzilishining temperaturaga, bosimga, elektr, magnit maydonlarga va boshqa para-metrlarga bogʻliq ekanligi aniqlandi.

Molekular fizikaning eng katta masalalaridan biri berilgan jismning mexanik va dialektik xususiyatlari shu jismning kimyoviy tarkibiga, uni tashkil etuvchi molekulalarning tuzilishiga va nihoyat, molekulalarning bir-biriga nisbatan qanday tartibda joylashganligiga bogʻliqligini oʻrganishdan iboratdir. Bu masalaning hal etilishi texnika va sanoatda zarur boʻlgan, koʻzlangan fizik xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan yangi metall qotishmalar, polimer materiallar, dielektriklar, qurilish materiallari va boshqa hosil qilishningyangi usullarini yaratishga imkon beradi. Molekular fizikaning jadallik bilan rivojlanishi undan statistik fizika, fizik kinematika, qattiq jism fizikasi, suyuqliklar fizikasi, fizik kimyo, molekulyar biologiya kabi mustaqil boʻlimlarining ajralib chiqishiga olib keldi. Molekular fizikada erishilgan yutuqlar metallar fizikasi, polimerlar fizikasi, kristallografiya kabi sohalarning keng koʻlamda rivojlanishiga sabab boʻldi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil