Molekulyar massa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Molekulyar massa — kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ʻ/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasalarining yigʻindisi. Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng. Mol. m. — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Mol. m., asosan, bugʻning zichligini oʻlchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant—Goff krnuni asosida), bugʻ bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash temperaturasi koʻtarilishini (ebuli-oskopiya) oʻlchash orqali topiladi. Uchuvchan moddalarning mol. m. mass-spektrometriya usulida, turli birikmalar aralashmasining mol. m. xromatomass-spektrometriya usulida aniqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |