Kontent qismiga oʻtish

Molyigʻar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Molyigʻar — yangi tushgan kelinchakning uyiga yoyilgan seplarni yigʻish marosimi. Oʻzbek xonadonlarida kelin tushdining ertasiga kelinning seplari kuyovning qarindoshlari, qoʻni-qoʻshnilar va kelin koʻrdiga kelganlarning koʻrishi uchun kelin tushgan xonaga yoyib qoʻyiladi. Maʼlum muddat oʻtgach, kelinkuyov tomon ayollari, qoʻshnilar toʻplanishib, yoyilgan seplar yigʻib olishadi. M. marosimi tobora taomildan qolib bormoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil