Kontent qismiga oʻtish

Momaqaldiroq energetikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Momaqaldiroq energetikasi - chaqmoq energiyasini tutib olib, elektr tarmog‘iga yo‘naltirish orqali energiya hosil qilish usuli. Energetikaning bu turi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi va muqobil energiya manbalari qatoriga kiradi.

Momaqaldiroq faolligini o‘rganish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chaqmoqlarning global chastota xaritasi. Yon tomondagi shkala har kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan bir yillik chaqmoqlar sonini ko‘rsatadi

2006-yilda NASA ning "Tropik bo‘ronlarni o‘lchash missiyasi" sun’iy yo‘ldoshi bilan ishlaydigan mutaxassislar sayyoraning turli hududlaridagi momaqaldiroqlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ba’zi hududlarda yil davomida har bir kvadrat kilometr maydonda 70 tagacha chaqmoq urilishi kuzatilishi aniqlangan[1].

  1. „NASA — NASA Satellite Identifies the World’s Most Intense Thunderstorms“. 2011-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.